TOShKENT, 13 avg — Sputnik. O‘zbekistonda agrar sohada amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samarasida fermerlar paxta va g‘alla yetishtirish bilan cheklanib qolmasdan, intensiv bog‘lar barpo etish, meva-sabzavot yetishtirish hamda uni eksport qilish bilan shug‘ullanmoqda, deb yozadi "Jahon" AA.
"Navoiy viloyati dehqon va fermerlari ham yerdan unumli foydalanish, aholi dasturxoni va bozorlar to‘kinligini ta’minlash maqsadida meva-sabzavot yetishtirishning o‘ziga xos usullaridan keng foydalanmoqda. Natijada mahsulotlar xorijga ham eksport qilinmoqda. Yarmarkada viloyatdagi 20 dan ortiq eksportchi korxona va fermer xo‘jaliklari 35 ming tonna meva-sabzavot sotish bo‘yicha shartnomalar imzoladi", — deyiladi xabarda.
Joriy yilda viloyatda 122,5 ming tonna meva-sabzavot yetishtirish mo‘ljallangan.