"Islom davlati" amiri aviazarbalar yordamida o‘ldirildi - Pentagon

© AP Photo / Militant website via AP, File"Islom davlati" terrorchilik uyushmasi jangarilari
Islom davlati terrorchilik uyushmasi jangarilari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rasmiy Vashingtonning xabariga ko‘ra, Afg‘onistondagi "ID" rahbari - Said Xon AQSh boshchiligidagi koalitsiyaga qarshi janglarda bevosita ishtirok etib kelgan. Yetakchining o‘limi Afg‘onistondagi "ID" pozitsiyalarini ancha bo‘shashtirib qo‘yishi aniq, deyiladi muassasa xabarida.

TOShKENT, 13 avg — Sputnik. "Islom davlati"ning mintaqaviy rahbari 26-iyul kuni havo hujumi natijasida o‘ldirildi, — deya xabar qildi juma kuni AQSh mudofaa vazirligi. RIA Novosti xabari asosida.

"AQSh harbiy kuchlari "ID" amiri Hofiz Said Xonni yo‘qotish maqsadida Nangarxar viloyati Achin tumanida aviazarbalarni amalga oshirdi", — deyiladi Pentagon bayonotida.

Avvalroq, ya’ni juma kuni, Pokistonning Afg‘onistondagi elchisi Omar Zaxilval ""Islom davlati"ning Afg‘onistondagi mintaqaviy rahbari Hofiz Said Xon boshqa jangarilar qatorida 26-iyul kuni Afg‘oniston qurolli kuchlari ko‘magida AQSh HHK tomonidan amalga oshirilgan havo zarbalari natijasida halok bo‘ldi", — deya xabar bergan edi.

Keyinchalik bu ma’lumotlar haqiqat ekanligini Pentagonning bir vakili ham Reyterga bergan intervyusida tasdiqlagan.

Afg‘on jangchilari va Islom davlati jangarilari to‘qnashuvi - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘oniston-2016: “ID”, "Tolibon", Xitoy orzulari va Tojikiston xadigi
Rasmiy Vashingtonning xabariga ko‘ra, Afg‘onistondagi "ID" rahbari — Said Xon AQSh boshchiligidagi koalitsiyaga qarshi janglarda bevosita ishtirok etib kelgan. "Yetakchining o‘limi "ID" safiga yangi jangarilarni yollash va jinoiy guruhning Afg‘onistonda amalga oshiradigan operatsiyalariga salbiy ta’sir o‘tkazishi, guruh pozitsiyasini bo‘shashtirib yuborishi shubhasiz", deyiladi muassasa xabarida.

So‘nggi vaqtlarda Afg‘onistondagi vaziyat ancha yomonlashgan. Ilgarilari mamlakatning qishloq joylarida kattagina hududni egallab olgan "Tolibon"lar yirik shaharlarga hujumga o‘tdi. Shuningdek, Afg‘onistonda, keyingi paytlarda "Islom davlati" ta’siri ham ortib bormoqda.

Yangiliklar lentasi
0