TOShKENT, 12 avg — Sputnik. Qirg‘izistonda mamlakat prezidentini "latta" deb haqoratlagan erkak qo‘lga olindi, deya xabar tarqatgan Sputnik Qirg‘iziston nashri.
"Jinoyat sodir qilganlikda gumonlanib qo‘lga olingan R.A. Bishkek shahar IIB vaqtinchalik izolyatoriga tashlandi", — deyilgan xabarda.
Gap shundaki, Bishkek shahri IIV xodimlari 11-avgust kuni internet-saytlar monitoringini o‘tkazish davomida saytlarning birida bir uyga da’vo qilayotgan erkak tasvirlangan videoga duch keladilar.
"Noma’lum shaxs noma’lum uy hovlisiga kirib olib, 60-65 yoshlardagi keksa ayolni haqoratlab, uni yo‘q qilishini aytib tahdid qilardi. Ayol militsiya xodimlarini chaqirishini aytganda, erkak ichki ishlar xodimlari sha’niga kurakda turmaydigan gaplar yog‘dirdi. Shu kuni Bishkek militsiyaxonasiga 66 yashar K.S. ismli ayol murojaat etib, Rasul ismli erkakka nisbatan chora ko‘rishlarimizni so‘radi", — deyiladi rasmiy xabarnomada.
Bishkek IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida video "qahramoni" Chuy viloyati Sokuluk tumanida yashovchi 43 yashar R.A ekani oydinlashadi.
Tergov jarayoni davomida gumondor o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lgan. R.A Bishkek IIBB VSIga tashlangan. Hozirda qo‘shimcha tergov jarayoni o‘tkazilmoqda.