TOShKENT, 12 avg — Sputnik. Sergey Ivanov Rossiya Prezidenti devoni rahbarligidan bo‘shatildi, deb xabar qilingan Kreml rasmiy saytida.
"Ivanov tabiatni muhofaza qilish, atrof-muhit va transport masalalari bo‘yicha Prezidentning maxsus vakili etib tayinlandi. Yangi lavozimda u Rossiya Xavfsizlik yig‘inidagi o‘rnini ham saqlab qoldi", — deyilgan xabar matnida.
Vladimir Putin o‘z ma’muriyati rahbari ishidan mamnun bo‘lganini ma’lum qilgan. Rossiya Prezidenti so‘zlariga ko‘ra, Ivanovning o‘zi uni boshqa ishga o‘tkazishni so‘ragan.
Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Vaynoning nomzodini Ivanovning o‘zi tavsiya etgan.
Xabarga ko‘ra, Vayno ham Xavfsizlik kengashi a’zoligiga qabul qilingan. Putinning Sibir federal okrugidagi maxsus vakili Sergey Menyaylo, Shimoliy-g‘arbiy okrugidagi maxsus vakili Nikolay Sukanov va Xavfsizlik yig‘ini kotibi o‘rinbosari Rashid Nurgaliyev ham Putinning buyrug‘iga binoan Xavfsizlik kengashi a’zoligiga qabul qilingan.