Besh nafar samarqandlik "ID" safiga qo‘shilishga da’vat qilgani uchun qamoqqa olindi

© Sputnik / Tabildi Kadirbekov.Ekstremistlarni qo‘lga olish bo‘yicha maxsus operatsiya
Ekstremistlarni qo‘lga olish bo‘yicha maxsus operatsiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston fuqarolari Rossiyaga ishlashga kelgan Markaziy Osiyo muhojirlarini "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi safiga jalb qilish maqsadida Moskvada maxsus tarmoq tashkil qilishgan.

TOShKENT, 12 avg — Sputnik. Samarqand viloyati jinoiy ishlar bo‘yicha sudi "Islom davlati" jangarilari safida janglarda ishtirok etish uchun Suriyaga hududiga yo‘l olmoqchi bo‘layotgan besh nafar samarqandlikni turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston fuqarolari Rossiyaga ishlashga kelgan markaziy osiyolik mehnat muhojirlarini "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi safiga jalb qilish maqsadida Moskvada maxsus "kanal" tashkil qilishgan.

Jangarilar safiga odam yollash bilan shug‘ullanuvchi kanal tashkilotchilaridan biri 23 yashar samarqandlik Ikrom Abdusattarov soxta hujjatlar tayyorlash hamda yangi "asar"larni "Moskva-Sochi-Istambul-Suriya" yo‘nalishi bo‘yicha ko‘zlangan manzilga yuborish bilan shug‘ullangan.

Yangi safdoshlarni o‘qitish ishlari bilan esa muqaddam uch marta sudlangan 55 yashar Ruslan Bekchitayev shug‘ullangan. U har juma namozidan keyin islom qonunlarini o‘rgatish bahonasida radikal ekstremizm g‘oyasi targ‘iboti bilan shug‘ullangan hamda Suriya hududidagi "Islom davlati" jinoiy to‘da safiga qo‘shilishga da’vat qilgan.

Shokoladlar - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga ekstremistik materiallarni shokolad ko‘rinishida olib kirishga urinishdi
Aynan shu maqsadlarda to‘planganlar Internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali muntazam ravishda  "Islom davlati" jangarilarining mafkuraviy asoschilari tomonidan aytilgan va’zlarini ko‘rib borishgan.

O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan amalga oshirilgan tezkor va tergov tadbirlari davomida butun boshli guruhning radikal jinoiy faoltiyaga chek qo‘yildi.

Tezkor guruh xodimlari jinoyatchilardan katta miqdorda ekstremistik adabiyotlarni hamda Markaziy Osiyo hududida Islom davlatini barpo etish zarurligi haqida va’zlar yozilgan kompyuter va elektron tashuv moslamalarini olib qo‘yganlar.

O‘zbekiston va Rossiya maxsus xizmat vakillarining o‘zaro kelishgan holda olib borgan harakatlari natijasida samarqandlik Elbek Rizayev, Shamshir Musayev va Dilorom Yarkulovalar Sochi aeroportida qo‘lga olingan.

Sudda ayblanuvchilarning barchasi to‘liq o‘z aybiga iqror bo‘lganlar. Ko‘rib chiqilgan ish asosida jinoyatchilarning har biriga 10-yildan 13-yilgacha qamoq jazosi belgilandi. Ular jazoni umumiy tartibdagi koloniyada o‘taydilar.

Yangiliklar lentasi
0