O‘zbekistonga ekstremistik materiallarni shokolad ko‘rinishida olib kirishga urinishdi

© Sputnik / Rudolf Alfimov / Mediabankka o‘tishShokoladlar
Shokoladlar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Novosibirsk*Namangan reysi bilan kelgan yo‘lovchilar bojxona tekshiruvidan o‘tkazilayotgan vaqtda, ulardan birining qo‘l yuki orasida ekstremistik mazmunga ega 300dan ortiq flesh-kartalar yashiringan shokolad qutilari topilgan.

TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Namangan aeroporti bojxona xizmati xodimlari O‘zbekistonga ekstremistik mazmundagi materiallarni shokoladlar ko‘rinishida olib kirishga uringan fuqaroni qo‘lga oldilar, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qo‘mitasi vakili.

"Novosibirs reysi bilan kelgan yo‘lovchilar bojxona nazoratidan o‘tkazilayotgan vaqtda, bir yo‘lovchining qo‘l yukida 300dan ortiq flesh-kartalar yashiringan shokolad qutilari topilgan", — deb xabar qildi agentlikka suhbatdosh.

Bojxonada berilgan izohga ko‘ra, aeroportda amalga oshirilgan tasodifiy taftish, elektron tashuvchilarda diniy ma’ruzalar, shuningdek, "Islom xalifaligi"ni yaratishga doir da’vat qiluvchi materiallar borligini ko‘rsatgan. Bu ish yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0