TOShKENT, 11 avg – Sputnik. Ukraina prezidenti mamalkat tashqi ishlar vazirligiga, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan, Qrimda bo‘lib o‘tgan voqealar yuzasidan suhbat tashkil qilishni topshirdi, deb xabar qilmoqda Ukraina prezidenti matbuot xizmati.
Undan tashqari Poroshenko Germaniya va Fransiya rahbariyati bilan uch tomonlama “normand formati” shaklida suhbat qilmoqchi. Undan tashqari Ukraina rahbari AQSh vitse-prezidenti Jozef Bayden va Yevropa Ittifoqi prezidenti Donald Tusk bilan ham gaplashmoqchi.
Ukraina BMT Xavfsizlik kengashida, Ukraina — Qrim chegarasida OBSE kuzatuvchilari sonini ko‘paytirishni muhokamaga chiqarishni rejalashtirgan.
Bundan oldinroq, Ukraina prezidenti, Qrim yarim oroli va Donbass chegarasi yaqinida bo‘lgan, mamlakat qurolli kuchlarining barcha bo‘limlarini kuchaytirilgan jangovar tayorgarlik darajasiga keltirish haqida buyruq bergan edi.
Chorshanba kuni Rossiya Federal xavfsizlik xizmati, Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi tomonidan, Qrimda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan teraktlarning oldi olinganini xabar qilgan edi. Ayni damda Qrimda va chegara nazorat punktlarida xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin, bunday sharoitda “Normand to‘rtligi” shaklida muzokara o‘tkazish behuda ekanligini ta’kidlagan edi.