TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Afg‘onistonda asirga olingan Mi-17 vertoloti ekipaji ozod qilindi, deb xabar qilmoqda Geo News telekanali.
Telekanal xabariga ko‘ra vertolet ekipaji – Rossiyalik shturman va besh pokiston fuqarosi Pokistonga yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Pokistondan Rossiyaga ta’mirlash uchun yo‘l olgan vertolot, Afg‘onistonning Logar hududida favqulodda qo‘ngan edi. Vertolot ekipaji a’zolari, jumladan bir Rossiya va besh Pokiston fuqarolari “Tolibon” jangarilari qo‘lga tushganini xabar bergan edik.
Rossiya TIV Pokistondagi vakolatxonasi vaziyatni o‘z nazorati ostiga olganini va kerakli tashkilot va muassasalar bilan domiy muloqotda bo‘lib turganini xabar qilgan edi.