TOShKENT, 6 avg — Sputnik. Bugun OAVlarda “Tolibon” jangarilari asirga olingan Mi-17 ekipaji ahvoli haqida tarqatgan xabari paydo bo‘ldi, RIA Novosti xabariga asosan.
Dawn nashri yozishiga qaraganda, vertolot ekipaji "Texrik-i-Taliban" radikal guruhi jangarilari qo‘lida bo‘lishi mumkin. Ushbu guruh “Tolibon” oqimiga qarashli bo‘lib, u Afg‘onistonning Logar viloyati hududi chegarasida faoliyat yuritadi.
“Tolibon” vakili Qori Sayfulla Mexsud xabar berishiga ko‘ra, vertolot ekipaji "Texrik-i-Taliban" jangarilari qo‘lida. Ular Logar viloyatining Azra aholi punktida joylashgan. Jangarilar boshlig‘i Adam Kochi ismli shaxs. U ommaga “Bilal” ismi bilan tanish”, — deb xabar qilmoqda Dawn nashri.
Mexsud aytishiga qaraganda ekipajning barcha a’zolari tirik, faqat uchuvchi yana bir Pokiston vertolotidan otilgan o‘qdan qurbon bo‘lgan. “Bizning bir hamkasabamiz qurbon bo‘ldi, ikki kishi yaralandi”, — dedi Mexsud nashrga.
Mexsudning aytishiga qaraganda, yaqin orada asirlar tushirilgan videolavha e’lon qilinadi. U “Toliblar” ushbu hududni to‘liq o‘z nazorati ostida ushlab turganini va Pokiston hukumati Afg‘on va amerika harbiylaridan yordam so‘ramasligini talab qildi.
Uning aytishiga qaraganda, Afg‘on yoki amerika harbiylari asirlarga yordam berishga urinib ko‘rishsa, ularning barchasi o‘ldiriladi. Adam Kochi asirlarning har biriga portlovchi uskuna bog‘lab qo‘yish haqida bo‘yruq olgan.
Eslatib o‘tamiz, Payshanba kuni Pokistondon O‘zbekiston orqali Rossiyaga ta’mirlash uchun yo‘l olgan vertolot Afg‘oniston hududiga favquloda qo‘nishga majbur bo‘lgan. Vertolot ekipaji bo‘lgan yetti kishi jangarilar qo‘liga asirga tushgan. Ular orasida bir Rossiya fuqarosi bo‘lganligi xabar qilingan edi.