Yer ko‘chkisi qurbonlari qarindoshlari tovon puli talab qilmoqda

© Sputnik / StringerQamchiq dovoni
Qamchiq dovoni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qamchiq dovonida yer ko‘chkisi tufayli qurbon bo‘lgan besh fuqaroning qarindoshlari yo‘l qurilish korxonasidan tovon puli talab qilmoqda.

TOShKENT, 11 avg – Sputnik. May oyida Qamchiq dovonida yer ko‘chkisi tufayli qurbon bo‘lgan besh fuqaro qarindoshlari yo‘l qurilish korxonasidan tovon puli talab qilmoqda, deb yozadi RIA Novosti.

To‘rtinchi may kuni “Qamchiq” dovonida yer ko‘chkisi ostida ikki avtomobil qolib ketgan edi. Ko‘chki ostida qolgan avtomobillardan olti kishini FVV xodimlari tomonidan qutqarilgan, besh kishi esa — qurbon bo‘lgan edi.

“Qamchiq” dovonida qurbon bo‘lgan fuqarolar qarindoshlari Andijonning OOO “Aybil” korxonasidan bir necha million dollar tovon puli talab qilishmoqda”, — deyilgan RIA Novosti xabarida. Ushbu korxona avtomobil yo‘lining ko‘chki solir bo‘lgan bo‘lagini loyihalashtirish va qurish bilan shug‘ullangan ekan.

Iyul oyida Namangan viloyat sudi korxonani ta’mirlash ishlarini maqsadga muvofiq bajarmaganlikda ayblagan edi. Sudning keyingi bosqichi — bir oydan keyin O‘zbekiston Oliy sudida ko‘rib chiqiladi.

Qamchiq dovonida sodir bo‘lgan yer ko‘chkisida 5 kishi qurbon bo‘ldi

Qamchiq dovoni Qurama tog‘ tizmasida joylashgan bo‘lib, uning dengiz sathidan balandligi 1,2 ming metrni tashkil qiladi. Dovon orqali aholi zich bo‘lgan Farg‘ona vodiysini, O‘zbekistonning boshqa hududlari bilan bog‘laydigan, asosiy avtomobil magistrali o‘tadi. Qish vaqtida qor ko‘chkisi xavfi tufayli, yo‘lning ushbu qismi vaqti-vaqti bilan yopiladi.

Yangiliklar lentasi
0