Qamchiq dovonida sodir bo‘lgan yer ko‘chkisida 5 kishi qurbon bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Toshkent-O‘sh yo‘lida kecha sodir bo‘lgan tabiy ofatda 5 kishi qurbon bo‘ldi.

TOShKENT, 5-may — Sputnik. Qamchiq dovonining Namangan viloyati Pop tumanida joylashgan bo‘lagida yer ko‘chishi sodir bo‘ldi, deb xabar berdi O‘zbekiston FH vazirligida.

“To‘rtinchi may kuni soat 14:00da Qamchiq dovonida, Toshkent-Osh yo‘lining 223 kilometrida yer ko‘chishi sodir bo‘ldi. Ko‘chki og‘irligi 13,3 kubometrni tashkil qildi. Ko‘chki ostida ikki mashina qolib ketdi va 5 kishi qurbon bo‘ldi”, — deyilgan FHV xabarida.

FHV xabariga ko‘ra, o‘z vaqtida ko‘rilgan choralarga binoan 6 kishi qutqarildi, jabrlanganlar va ularning yaqinlariga yordam ko‘rsatilmoqda.

Qamchiq dovoni dengiz sathidan 2,2 km balandlikda joylashgan bo‘lib, ushbu dovon orqali O‘zbekistonni Farg‘ona vodiysi bilan bog‘lovchi yagona yo‘l o‘tgan. Har kuni ushbu yo‘ldan 20 mingga yaqin avtomobil qatnaydi.

Qish vaqtida dovonda avtomobil harakati murakkablashadi. Qor ko‘p bo‘lganda va yer muzlaganda yo‘l vaqtincha yopilishi ham mumkin. Yaqin orada ushbu dovon orqali temir yo‘l harakati ham yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0