O‘zbekistonda kuchli himoyalangan elektr hisoblagichlari o‘rnatiladi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishZamena starix elektroschetchikov v jilix domax
Zamena starix elektroschetchikov v jilix domax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Osiyo Taraqqiyot banki O‘zbekistonning uch viloyatida elektr quvvatini hisoblash avtomatik hisoblagichlar o‘rnatish uskunalari uchun 150 mln $ kredit ajratdi. Hisoblagichlar xususan, Buxoro, Jizzax va Samarqand viloyatlarida o‘rnatiladi. Loyihaning umumiy narxi 200 mln dollardan ortiq.

TOShKENT, 9 avg — Sputnik. "O‘zbekenergo" va Korea Telecom kompaniyalari avgust oxiridan boshlab O‘zbekistonning uch viloyatida avtomatik elektr hisoblagich asboblari o‘rnata boshlaydi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Yaqin bir necha yil ichida Osiyo va Islom Taraqqiyot banklar hamda Jahon banki kreditlari hisobidan Butun respublika bo‘ylab 6 mln dona avtomatik elektr hisoblagichlar o‘rnatishni rejalashtirgan. Shu bilan bir vaqtda,  yagona billing tizimi tashkil qilinadi va foydalanuvchilarning yagona ma’lumotlar bazasi yaratiladi.  Ushbu loyihaning umumiy qiymati 800 mln dollardan ortiq.

“O‘zbekenergo” 800 ming elektr hisoblagichlari o‘rnatishga pudratchi tanlovni boshladi

“Janubiy Koreyaning Korea Telecom kompaniyasi Buxoro, Samarqand va Toshkent viloyatlarida zamonaviy hisoblagichlar o‘rnatish tenderida g‘olib chiqdi. Uzoq vaqt bo‘lib o‘tgan maslahatlardan keyin tomonlar Xitoyning "Shendjen Kaifa" korxonasini hisoblagichlarning asosiy yetkizib beruvchisi sifatida tanlashdi. O‘zbekiston tomoni qo‘ygan talablarga faqat ushbu kompaniya mahsuloti to‘liq javob bergan. “Avval biz Janubiy Koreyadan sotib olmoqchi bo‘lgan edik, lekin u yerda bizga kerakli hisoblagichlar ishlab chiqarilmas ekan”, — dedi “O‘zbekenergo” vakili.

O‘zbekistonda elektr energiyasi ta’minoti sohasida o‘ziga xos xususiyatlari bor. Bu yerda hisoblagichlar ko‘rsatkichlarini kamaytirish hollar tez-tez uchrab turadi.  Janubiy Koreya yoki Yaponiyada bunday muammo yo‘q, chunki aholi dunyoqarashi boshqacha.  Shuning uchun ham u mamlakatlarda ochish va buzishdan kuchli himoyalangan hisoblagichlar ishlab chiqarilmaydi, — dedi “O‘zbekenergo” vakili.

Avgust oxirida Xitoylik korxona O‘zbekistonga elektr hisoblagichlar yetkizib bera boshlaydi. Jami 25 ming dona hisoblagichlar sotib olish rejalashtirilshgan. Ular Qorovulbozor, Pastdarg‘om va Yangiobod tumanlari orasida taqsimlanadi. Sentabr oyida ular o‘rnatiladi. Noyabr oxirida ular faoliyatining dastlabki natijalari ma’lum bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, mamlakat tarixida birinchi avtomatik elektr hisoblagichlar o‘rnatish, Toshkent shahrining Bektemir tumanida 10,4 ming abonent xonadonlarida amalga oshirilgan edi.

"O‘zbekenergo" elektr hisoblagichlarni bepul o‘rnatadi

“Tajriba loyihaning samarali ekanligini ko‘rsatdi. Masalan, avtomatik hisoblagichlar o‘rnatilmasdan oldin, har kuni elektr quvvati uchun 4,5 mln so‘m mablag‘ jamlanar edi. Hisoblagichlar o‘rnatilganidan keyin esa, 12 mln so‘m. Qarzdorlar soni ham 6111 kishidan 1478 kishiga kamaydi. Abonentlarning umumiy qarz hajmi bir necha baravar kamayib 441 mln so‘mni tashkil qildi. Yana bir muhim omil – elektr uzatish vaqtidagi yo‘qotishlar 9,3% dan 2 %gacha kamaydi”, — dedi suhbatdosh.

Undan tashqari ushbu tajriba tufayli, elektr tarmog‘iga ko‘plab noqonuniy ulanishlar va hisoblagichlar ko‘rsatkichini o‘zgartirish holatlariga chek qo‘yilgan.

Yangiliklar lentasi
0