Jamiyat

"Oʻzbekenergo" elektr hisoblagichlarni bepul oʻrnatadi

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekistonning toʻqqiz viloyatida elektr hisoblagichlar oʻrnatishga 460 million dollar sarflanadi. “Energosotish” kompaniyasining texnik masalalar va shartnomalar boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Parda Xidirov ushbu masala boʻyicha izoh berdi.

TOSHKENT, 4 apr – Sputnik. Oʻzbekistondayaqin toʻrt yil ichida Osiyo taraqqiyot banki, Islom banki va Jahon banki ishtiriokida uch loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Loyihalar zamonaviy elektr hisoblagich asboblar oʻrnatish va ularni yagona tizimga ulashga qaratilgan.

Ushbu loyihalarning umumiy qiymati 460 million dollardan ziyod. Ntijada toʻqqiz viloyatda zamonaviy hischoblagichlar oʻrnatilib ular energiya tarqatuvchilariga real vaqtda elektr hisobini amalga oshirish imkonini beradi.

Hozirgi kunda Oʻzbekistonning koʻplab shaharlarida yashayotgan aholi eski, sovet davridan qolgan elektr hisoblagichlardan foydalanmoqda. Yangi hisoblagichlar oʻrnatish chogʻida koʻplab xonadon egalari elektriklar tomonidan pul toʻlashga majbur qilinmoqda. Bunga, asosan, uy egalarining texnik va yuridik jihatdan kam maʼlumotga ega ekanligi sabab boʻlmoqda.

Parda Xidirovning soʻzlariga qaraganda, jismoniy va yuridik shaxslar uchun eski hisoblagichlarni yangisiga almashtirish bugungi kunda mutlaq bepul oʻtkazilmoqda. Bu ishlar “Oʻzbekenergo”ning xususiy mablagʻi  va Xolqaro bankolardan yollangan mablagʻlar evaziga amalga oshirilmoqda.

Lekin “Oʻzbekenergo” vakili elektr hisoblagichni uning plombasi buzilishi, yoki boshqa texnik nosozligi tufayli almashtirishga majbur boʻlsa, foydalanuvchi belgilangan narxlar boʻyicha toʻlashi lozim. Undan tashqari hisoblagich va transformatorlar qiymatini belgilangan narxda toʻlash kerak.

Oʻzbekistonda zamonaviy hisoblagich asboblari oʻrnatish 2009 yildan beri amalga oshirilmoqda.  Jarayon har yil belgilanadigan reja asosida amalga oshirilmoqda. Foydalanuvchi, “Oʻzbekenergo”ning hududiy filialiga murojaat qilib navbatsiz almashtirishi ham mumkin. Hisoblagichni almashtirish faqat foydalanuvchi ishtiriokida amalga oshiriladi.

Hisoblagichni almashtirish vaqtida, eski hisoblagichning plombasi buzilganini yoki uning tashqi butunligiga zarar yetkizilgani maʼlum boʻlsa, foydalanuvchi jarima toʻlashga majbur boʻladi.

Elektr quvvati hisoblagich - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Elektr narxi apreldan 8% ga oshadi

Undan tashqari hisoblagich almashtirishdan oldin elektr toʻlovlari boʻyicha barcha qarzlardan qutilish kerak boʻladi. Agar foydalanuvchi hisobida ortiqcha toʻlangan mablagʻ boʻlsa, u yangi hisoblagich hisobiga oldindan amalga oshirilgan toʻlov sifatida oʻtkaziladi.

Qonunga koʻra, shaxsiy foydalanuvchilarning elektr hisoblagichlari har toʻrt yilda, yuridik shaxslarning elektr hisoblagichlari har ikki yilda koʻrikdan oʻtkazilishi kerak.   

Yangiliklar lentasi
0