TOShKENT, 8 avg – Sputnik. O‘zbekistonda jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan barcha ko‘chmas mulk obyektlari 2018-yilga qadar yoppasiga ro‘yxatga olinadi, deyilgan dushanba kuni e’lon qilingan hukumat qarorida.
“Ro‘yxatga olishdan asosiy maqsad, kadastr hisobini mukammallashtirish, ko‘chmas mulk, yer uchastkalari va inshootlardan foydalangani uchun, asosli soliq solish tizimini ishga tushirishdir “, — deyilgan qarorda.
Yangi qarorga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tkazilgan barcha ko‘chmas mulk inshootlari Respublika Kadastr va ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish informatsion tizimiga kiritirib, ular haqidagi ma’lumot Davlat Soliq qo‘mitasiga yuboriladi.
Ro‘yxatga olish jarayonida ko‘chmas mulkning egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari, egallangan maydonlar, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlar va ruxsatsiz qurilgan inshootlar anqlanadi. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi ishchi guruhlariga inshootlarni suratga olish, ularnig ichki va tashqi maydonini o‘lchash, ekilgan daraxtlarning soni va yoshini hisobga olishga ruxsat berilgan.
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qo‘mitasi 2016-2019 yillarda O‘zbekistonda Ko‘chmas mulk yagona elektron reyestri tashkil qilinishini xabar qilgan edi. Qiymati 25 mln dollar bo‘lgan loyihani moliyalash Jahon banki va O‘zbekiston hukumati mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.