MTSning sarmoyadorlar safidan chiqishi UMS faoliyatiga zarar keltirmaydi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishSim-karta s logotipom operatora sotovoy svazi MTS
Sim-karta s logotipom operatora sotovoy svazi MTS - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bir necha kun oldin MTS o‘zining UMS dagi 50,01 % ulushini O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommuniksiyalar vazirligi huzuridagi “Radioaloqa radioeshittirish va televidenie markazi” (RRTM)ga sotganini ma’lum qilingan edi.

TOShKENT, 6 avg — Sputnik. MTS o‘zining Universal Mobile Systems (UMS) kompaniyasidagi 50,01 % ulushini sotishi uyali aloqa operatori faoliyatiga ta’sir ko‘rsatmaydi, deyilgan UMS kompaniyasi sahifasida.

"Universal Mobile Systems mustaqil aloqa operatori sifatida, berilgan litsenziyalar asosida abonentlarga xizmat ko‘rsatishni davom ettiradi”, — deyilgan UMS rasmiy xabarida.

Kompaniyalar imzolagan shartnomaga ko‘ra, “Radioaloqa radioeshittirish va televidenie markazi” UMS kompaniyasining yagona sarmoyadoriga aylanadi. Uyali aloqa operatoriga 2029-yilga qadar litsenziya berilgan.

Logotip kompanii MTS - Sputnik O‘zbekiston
MTS UMC tarkibidan chiqishga qaror qildi

Shartnoma qiymati e’lon qilnmagan. MTS vakili Dmitriy Solodovnikov RIA Novostiga bergan xabariga ko‘ra, UMS kompaniyasi MTS va uning sho‘’ba korxonalari oldida barcha qarzlarini uzgan. UMS kompaniyasi sotilgani uchun MTS 2016-yilning 3 kvartalda 3 mlrd rublni o‘z hisobidan chiqarishni mo‘ljallagan. Ushbu summa keyinroq o‘zgarishi mumkin.   

Eslatib o‘tamiz, 2014-yilning iyulida O‘zbekiston hukumati va MTS kompaniyasi qo‘shma korxona tashkil qilgan edi. Shartnomaga ko‘ra qo‘shma korxonaning 50,01 % aksiyasi MTSga tegishli, qolgan 49,99 % esa RRTMga tegishli bo‘lgan. 2015-yil yakunlariga ko‘ra, kompaniya abonentlari soni 1,095 mln kishini tashkil etgan.

Yangiliklar lentasi
0