Toshkentda Coca-Cola narxi 2 barobar oshib ketdi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishCoca-Cola do‘kon rastalarida
Coca-Cola do‘kon rastalarida - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bir yarim litrlik va bir litrlik idishlardagi ichimliklar mana ikki haftadirki savdo rastalaridan yo‘qolib qoldi va sotuvchilar zaxiradagilarini ustiga 50%dan ortiq narx qo‘ygan holda sotishmoqda.

TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Toshkentda aholining eng sevimli ichimliklaridan biri bo‘lmish — Coca-Cola tanqisligi bilan bog‘liq muammolar yuzaga keldi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Ikki haftadirki savdo rastalaridan bir yarim va bir litrlik hajmga ega idishlardagi ichimliklar yo‘qolib qolgan, zaxirada mavjudlarini esa sotuvchilar ustiga 50%dan ortiq narx qo‘ygan holda sotmoqda. Misol uchun, agar ilgari 1,5 litr idishdagi Coca-Cola ichimligini 5-6 ming so‘m atrofida xarid qilish mumkin bo‘lgan bo‘lsa, endilikda ayrim joylarda ular 9 ming so‘mdan ortiq narxda sotilyapti.

Shunisi qiziqki, bu ichimlik bilan bog‘liq bunday holatlar yozning jazirama kunlarida tez-tez yuz berib turadi. Voqea shu darajaga borib yetgan vaqtlar ham bo‘lganki, yirik savdo markazlari Coca-Cola savdosida ma’lum cheklovlar kiritib, bir kishiga bittadan ortiq ichimlik sotmagan vaqtlar ham bo‘lgan. Eng oxirgi marta ichimlik bilan bog‘liq tanqislik joriy yilning may oyida yuzaga kelgan edi. Ammo o‘shanda zavod rahbariyati yuzaga kelgan holatni zavodda yangilash ishlari olib borilayotgani, tez orada ichimlik ishlab chiqarilishi hajmi oshishi haqida gapirgan edi.

Qiziq, nima uchun zavod rahbariyatining ulkan rejalari yana defitsitni keltirib chiqardi?

Bu savolimiz javobsiz qolishi aniq shekilli, chunki zavod rahbariyati bilan bog‘lanishning, ulardan yuzaga kelgan holat bo‘yicha izoh olishning imkoni bo‘lmadi.

Xaridor Coca-Cola kompaniyasiga tegishli ichimlikni tutib turibdi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Coca-Cola may oxirida savdo rastalariga qaytadi
Sputnik muxbiri Toshkentdagi aksariyat yirik savdo do‘konlari vakillari bilan suhbatlashib ko‘rdi. Ularning hammasi bir ovozdan chet eldan import qilinadigan konsetrat sabab ichimlik ishlab chiqarilishi to‘xtab qolgani haqida fikr bildirishgan.

Coca-Cola tanqisligi bilan bog‘liq vaziyat boshqa ichimliklar narxiga ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Misol uchun, olib sotarlar Coca-Cola savdo rastalarida yo‘qolib qolganidan foydalanib, ichimlikning birinchi raqamli raqobatchisi — Pepsi narxini ko‘tarib olishdi. Agar ilgarilari bu ichimlikning 1,5 litrini 5-5,5 ming so‘mdan xarid qilish mumkin bo‘lgan bo‘lsa, ayni damda uning narxi 6-7 ming so‘mni tashkil etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0