TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Turkiyada davlat to‘ntaruviga urinishni tashkillashtirishda ayblanayotgan muxolif islom targ‘ibotchisi Fatxulla Gulen Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on mamlakatda avtoritar tuzumni barpo etishga urinmoqda, deya ta’kidladi. RIA Novosti xabariga ko‘ra Gulen o‘zining bu fikrini New York Times gazetasidagi maqolasida e’lon qilgan.
"Turkiyada yuz bergan davlat to‘ntarishiga urinishni keskin qoralaganman. Hukumat kuch ishlatish orqali emas, balki erkin va adolatli saylovlar yo‘li bilan g‘alaba qozonishi lozim", — deb yozgan Gulen. "Keskin noroziliklarimga qaramay, tobora avtoritar hokimiyat tarafdori bo‘lib borayotgan Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on meni davlat to‘ntarishini boshqarishda aybladi", — deb qo‘shimcha qilgan Gulen.
"Turkiya prezidenti "Islom davlati" terrorchilik uyushmasiga qarshi tuzilgan koalitsiyada ta’sirini susaytirishini aytib, AQShni shantaj qilmoqda", — deya qayd etgan Gulen.
Shunday so‘zlarni aytib, Gulen yana bir marta AQSh hukumatiga murojaat qilib o‘zini Turkiyaga topshirmasliklarini so‘ragan. Muxolifat imomning fikricha, uni Turkiyada yerda adolatsiz sud kutmoqda. Gulen shu bilan birga Erdo‘g‘onni shantajda ayblagan. "Dalillar, qolaversa, adolatli sudlov imkoniyati yo‘qligiga qaramay, u mening ekstradatsiya qilinishimga erishmoqchi", — deb ta’kidlagan imom.