TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Rog‘un GESi gidroelektrostansiyasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi deb xabar qilgan respublika rahbari matbuot-xizmati.
Quruvchilarning so‘zlariga qaraganda, daryo o‘zanini to‘sish uchun — qum, shag‘al va tosh kabi tabiiy qurilish materiallarini tayyorlash davom etmoqda. Aynan shu maqsadda, 75 million kub tosh va shag‘al ishlatilishi aytilmoqda.
Xabarda ta’kidlanishicha, Rog‘un GESi qurilishi ketayotgan maydonga umumiy miqdorda 2077 dona mashina va mexanizmlar va taxminan 12 ming nafar ishchi jalb qilingan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hukumati muntazam ravishda mamlakat Rog‘un GESi qurilishiga qarshiligi va bu loyiha xalqaro xavfsizlik standartlariga mos kelmasligi haqida bong urib keladi.
O‘z navbatida Tojikiston tomon O‘zbekiston xavotirlari asossizligini qayd etib, mazkur gidroinshootni barpo etish rejasidan hech qachon voz kechmasligini takrorlashdan charchamaydi.