TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Shimoliy Koreya yana bir ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi, deb xabar qilgan Ronxap agentligi. RIA Novosti xabari asosida.
Koreya Respublikasi Qurolli kuchlari shtabi uyushgan rahbarlar shtabi bayonotiga ko‘ra ballistik raketa sinovi Xvanxe-Namdo provinsiyasida amalga oshirilgan bo‘lib, raketalar parvozi masofasi ming kilometrni tashkil qilgan.
Amerikalik harbiylar esa bir yo‘la ikkita raketa uchirilishini qayd etishgan: ulardan biri stardan keyin havoda portlagan, ikkinchisi esa Shimoliy Koreya ustidan uchib o‘tib, Yapon dengiziga qulagan.
AQSh strategik qo‘mondonligi ma’lumotlariga ko‘ra, gap o‘rtacha masofani bosib o‘tishga qodir "Nodon" tipidagi raketalar haqida bormoqda.