Yevropa Ittifoqi “Turk oqimi” haqidagi muzokaralardan xavotirda

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishGaz quvurlari
Gaz quvurlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yevropalik amaldor: Rossiya va Turkiyaning yangi do‘stligi Yevropa Ittifoqi uchun muammoga aylanishi mumkin.

TOShKENT, 2 avg – Sputnik. Moskva va Anqaraning “Turk  oqimi” loyihasini qayta tiklash haqidagi muzokaralari Yevropa Ittifoqida bezovtalik uyg‘otmoqda, deb xabar qilmoqda Reyter.       

Brusselning fikriga ko‘ra yangi gaz o‘tkazgich Moskva pozitsiyasini kuchaytiradi.

Yevropalik diplomatlar fikriga ko‘ra, “Turk oqimi” ishga tushganidan keyin Ukraina “asosiy gaz o‘tkazuvchi” maqomidan mahrum bo‘ladi va YeIning “Gazprom”ga bog‘liqligi ortadi. Undan tashqari Kaspiy dengizidan gaz olib kelish loyihasi ham iqtisodiy ma’nosini yo‘qotadi.

“Rossiya Ukrainani Turkiyaga almashtirishni istasa, Rossiya va Turkiyaning yangi do‘stligi Yevropa Ittifoqi uchun muammoga aylanishi mumkin”, — deb izoh berdi YeIning yuqori lavozimli amaldorlaridan biri.

“Yevropa Ittifoqi 9-avgustda bo‘lib o‘tadigan Rossiya va Turkiya prezidentlari uchrashuviga bezovtalik bilan qaramoqda, chunki ushbu uchrashuvda “Turk oqimi”ga oid shartnoma imzolanishi mumkin”, — deyilgan Reyter xabarida.  

“Turk oqimi” Qora dengiz tubi orqali Rossiyadan Turkiyaga va undan Gretsiyagacha gaz quvuri o‘tkazishni ko‘zda tutadi. Ushbu loyiha bir necha yil oldin boshlangan edi, o‘tgan yilning oxirida Turkiya tomonidan Rossiyaning Su-24 samolyoti urib tushirilganidan keyin loyiha  muzlatib qo‘yilgan edi.

Turkiya rahbari Toyib Erdo‘g‘on - Sputnik O‘zbekiston
Erdo‘g‘on 9-avgust kuni Sankt-Peterburgga tashrif buyuradi

Yaqinda Turkiya bo‘lib o‘tgan voqea uchun kechirim so‘raganidan keyin “Turk oqimi” haqidagi muzokaralar yana davom eta boshladi. Iyul oxirida Rossiya va Turkiya Iqtisodiyot vazirliklari vakillari orasida uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Toyyip Erdo‘g‘on Sankt-Peterburgda 9-avgustda uchrashuv rejalashtirishgan.

Yangiliklar lentasi
0