TOShKENT, 29-iyul – Sputnik. Rossiyada ta’qiqlangan “Jabhat an-Nusra” terrorchilik guruhi bundan buyon “Jabhat Fatah ash-Sham” deb nomlanadigan bo‘ldi. Reyter xabari asosida.
Bundan buyon “Jabhat an-Nusra”, ya’ni (“Suriya xalqiga yordam fronti”), “Jabhat Fatax ash-Sham”, — (“Suriyani zabt etish fronti”) deb nomlanadigan bo‘ldi.
Bu haqida, terrorchilar guruhi rahbari bo‘lgan Abu Muxammad al-Djulani e’lon qilgan. Al-Julani “Al-Qoida” rahbariyatiga tinchlik bilan “ajralishga” rozi bo‘lgani uchun minnatdorchilik ham bildirgan. Julani aytishiga qaraganda, yangi guruh “chet elliklar” bilan hech qanday munosobatlarga ega bo‘lmaydi.
Eslatib o‘tamiz, “Jabhat an-Nusra” 2012-yilning 10-yanvarida Suriya hukumati qo‘shnlariga qarshi kurash uchun tashkil qilingan edi. Tashkil qilingan kunidan boshlab “Jabhat an-Nusra” Islom dinini ro‘kach qilib dahshatli jinoyatlar va terrorchilik aktlari sodir qilib kelgan.
Ular “Olloh qonunlari bizning yerga keldi”, “Musulmonlar uchun Oxir Zamon endi Damashqda” kabi shiorlar ostida xudkush terrorchilarni, minalashtirilgan avtomobillarni portlatib yuz minglab tinch aholi umriga zomin bo‘lishdi.
“Jabhat an-Nusra” Suriya hududida amal qilayotgan eng tajovuzkor radikal guruh hisoblanadi. Uning tarkibiga yaxshi qurollangan, jang tajribasiga ega bo‘lgan jangarilar kiradi. Guruh rahbarlari va jangovor qo‘mondonlari orasida sobiq Iroq harbiy kuchlarining zobitlari bor. Undan tashqari “Jabhat an-Nusra” tarkibida Saudiya Arabistoni, Buyuk Britaniya, Pokiston, Livan, Fransiya va Turkmaniston fuqarolari bor.
“Jabhat an-Nusra” Suriyada urush tugaganidan keyin Isroilni yer yuzidan yo‘q qilishni o‘ziga maqsad qilgan.
Nega aynan hozir “Jabhat an-Nusra”ga o‘z nomini o‘zgartirishi kerak bo‘lib qoldi ekan, degan savol bilan muxbirimiz O‘rta va Yaqin Sharq mamlakatlarini o‘rganish markazi katta ilmiy xodimi Vladimir Sajinga murojaat qildi.
Birinchidan, dunyoning ko‘plab mamlakatlarida ta’qiqlangan “Jabhat an-Nusra” allaqachon o‘zinin ashaddiy terrorchi tashkilot sifatida namoyon qildi va Rossiya hamda AQShning muqarrar zarbalari nishoniga aylandi.
“Menimcha, “Jabhat an-Nusra” Rossiya va AQShning antiterrorchilik harakatlaridan qo‘rqib shunday qilishgan”, — deydi Vladimir Sajin.
Ikkinchidan, bunga sabab guruh ichidagi nizolar bo‘lishi mumkin, chunki “Jabhat an-Nusra” ko‘plab kichik jangari guruhlardan tashkil topgan. Ular orasida mustahkam birlik yo‘q. Shuning uchun “Al-Qoida”dan ajralishi guruh atrofdagi vaziyat yomonlashishi natijasi bo‘lishi mumkin, — deydi ekspert.
AQShda ham ushbu o‘zgarishlar guruhga nisbatan bo‘lgan munosobatni jiddiy o‘zgartirmaydi deb hisoblashadi.
Bu haqida AQSh Davlat Departamenti kotibi Jon Kirbi “Rebrendingga qaramasdan “Jabhat an-Nusra” terrorchi tashkilot sifatida qoladi”, — degan edi.