Rossiya AQShga 25-maydan "Jabhat an-Nusra" otradlariga aviazarba berishni taklif qilmoqda

© Ministerstvo oboroni RF / Mediabankka o‘tishRossiya HKK Suriyadagi "ID" zavodlari bo‘ylab aviazarbalar bermoqda
Rossiya HKK Suriyadagi ID zavodlari bo‘ylab aviazarbalar bermoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Suriyadagi tinchlik sulhiga amal qilmayotgan jangarilar otradlari 25-maydan boshlab aviazarbalar nishoniga aylanishini ma’lum qilmoqda.

TOShKENT, 20-may — Sputnik. Rossiya AQShga 25-maydan boshlab Suriyadagi "Jabhat an-Nusra" otradlariga hamkorlikda zarba berishni taklif qilmoqda, deb bayonot qildi Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu. RIA Novosti xabari asosida.
"AQShga, Suriyani qo‘llab-quvvatlovchi xalqaro guruh raisdoshi sifatida, BMT tomonidan terrorchilik uyushmasi deb tan olingan uyushmalarga qarshi kurashni davom ettirish maqsadida 25-maydan boshlab aviazarbalar berishni taklif qilamiz. Aviazarbalar "Jabhat an-Nusra" otradlari, jangovor harakatlar to‘xtatilishini qo‘llab-quvvatlamayotgan qurollangan uyushmalar, shuningdek, Suriya-Turkiya chegarasini kesib o‘tayotgan qurol-aslaha ortilgan karvonlar, chegarani noqonuniy kesib o‘tayotgan jangarilar otradlari bo‘ylab beriladi", — dedi Shoygu.

Yangiliklar lentasi
0