Abdulaziz Kamilov Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov SAR TIV rahbari Adel al-Jubeyr bilan suhbatda O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni munosabatlarining dolzarb masalalari va Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining Toshkent shahrida bo‘ladigan sessiyasi kun tartibi yuzasidan fikr almashdi.

TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. 27-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Saudiya Arabistoniga tashrifi doirasida Saudiya Arabistoni Podshohligi Tashqi ishlar vaziri Adel al-Jubeyr bilan muzokaralar olib bordi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

Glava MID Uzbekistana Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
Kamilov: Musulmon dunyosi uchun eng katta xavf - Islom obro‘sini to‘kishga qaratilgan harakatlardir
"Bo‘lib o‘tgan suhbat davomida O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni munosabatlarining dolzarb masalalari muhokama qilindi va Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining (IHT TIVK) Toshkent shahrida bo‘ladigan sessiyasi kun tartibi yuzasidan fikr almashildi", — deyiladi xabarda.

Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri Adel al-Jubeyr “Ta’lim va ma’rifat – tinchlik va bunyodkorlik sari yo‘l” shiorida o‘z ifodasini topgan O‘zbekistonning IHT TIVKdagi raisligining ustuvor yo‘nalishlari borasidagi qarashlari va yondashuvlarini yuqori baholagan.

"O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni tashqi siyosat idoralari rahbarlari turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni izchil rivojlantirishdan va IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashinig Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan 43-sessiyasini muvaffaqiyatli o‘tkazishdan manfaatdor ekanliklarini qayd etdilar", — deb xabar qiladi O‘zbekiston TIV.

Eslatib o‘tamiz, Islom Hamkorligi tashkilotining 43 sessiyasi joriy yilning 18-19 oktabrida Toshkentda bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston ushbu muhim tadbirga faol tayorgarlik ko‘rayotgani ma’lum.

Yangiliklar lentasi
0