TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Vladimir Putin rossiyalik sportchilarga qarshi qaratilgan "aniqmaqsadli kampaniyani" keskin qoraladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Putinning so‘zlariga qaraganda, rossiyalik sportchilar bilan yuz bergan holat aql bovar qilmas darajaga kelgan.
"Shu yerda ochig‘ini aytish kerak-ki, uzoqni ko‘ra bilmaydigan siyosatbozlar sportni ham tinch qo‘ymayapti. Aslida sport orqali xalqlar bir-biriga yaqin bo‘lmog‘i, davlatlar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar bartaraf etilmog‘i lozim", — deya qo‘shimcha qilgan Putin.
Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, ko‘plab atletikachilar noxaq jabr ko‘rgan, sababbi ularga doping bo‘yicha aniq ayblovlar ilgari surilmagan.
"Har biringiz shuni biling-ki: biz shak-shubhasiz sizlar bilan faxrlanamiz. Sizning sha’ningiz, sportdagi yutuqlaringiz va g‘ururingizni tiklash uchun hamma narsaga tayyormiz. Adolat, albatta, g‘alaba qozonadi", — deb va’da qilgan Rossiya prezidenti.