Madlen Olbrayt: Trampning saylanishi "Putinga sovg‘a" bo‘ladi

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishAQShning sobiq Davlat kotibi Madlen Olbrayt
AQShning sobiq Davlat kotibi Madlen Olbrayt - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerika Qo‘shma Shtatlarining sobiq Davlat kotibi Madlen Olbrayt Donald Tramp mamlakat prezidenti etib saylansa, bu Rossiya rahbari Vladimir Putin uchun "sovg‘a" bo‘lishini ta’kidladi.

TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. AQShning birinchi ayol Davlat Kotibi(1997-2001) Madlen Olbrayt Tramp mamlakat prezidenti etib saylansa bu Putin uchun "sovg‘a" bo‘lishini ta’kidlamoqda, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

"Haqiqat shuki, noyabr oyida Tramp g‘alaba qozonsa, bu Putin uchun sovg‘a bo‘lar edi. Rossiyalik xakerlar Trampga saylanishda yordam berish uchun yaqinda Demokratlar partiyasi serverini buzgan edi. Bundan xulosa qiladigan bo‘lsak, Putin Trampni g‘olib sifatida ko‘rishni juda xohlaydi. Bu har bir amerikalikni qattiq bezovta qilmog‘i lozim", — deb ta’kidlagan Olbrayt xonim Demokratlar partiyasi yig‘inida.

"Temir devor"dan qochgan odamning so‘zlariga quloq tuting. Ruslarga "yashil chiroq" berilsa, nimalar ro‘y berishini yaxshit bilaman", — degan kelib chiqishi chexoslovakiyalik bo‘lgan Olbrayt.

Milliarder Donald Tramp. - Sputnik O‘zbekiston
Tramp tez orada o‘zini “chinakam prezident” kabi tutishga va’da berdi
"Juda ko‘pchilik Donald Tramp prezident etib saylangudek bo‘lsa, bizning milliy xavfsizligimizga putukr yetadi, deb aytgan edi. slida esa, u allaqachon, ya’ni o‘z nomzodini prezidentlikka qo‘yish orqali ziyon yetkizib bo‘ldi", — deya qo‘shimcha qilgan AQShning sobiq Davlat kotibi.

"U musulmon-hamkorlarimizni bizdan uzoqlashtirib, terrorizmga qarshi kurashimizga putur yetkazdi, u bizning do‘stlarimiz va ittifoqdoshlarimizni tashlab ketishini aytib, yangi davlatlarga yadro qurolini berishni va’da qildi va bu bilan dunyoda tutgan mavqeyimizni susaytirdi. Unga Putin haqida savol berishganida "yetakchilik borasida u "5" bahoga loyiq deb javob qaytardi", — deb ta’kidladi Olbrayt.

Bir so‘z bilan aytganda, Madlen Olbrayt Trampning tashqi siyosat borasidagi qarashlarini "halokatga eltadigan" deya baholadi.

Yangiliklar lentasi
0