O‘zbekiston milliy armiyasi safida chet ellik harbiy yo‘riqchilar sonini ko‘paytirmoqda

O‘zbek chegarachisi
O‘zbek chegarachisi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Manbaning so‘zlariga qaraganda, chet eldan jalb qilingan harbiylarning barchasi yuqori malakali mutaxassislar bo‘lib, ularning aksariyati Afg‘oniston, Iroq, Suriya va boshqa bir qator "qaynoq" nuqtalarda bo‘lib o‘tgan harbiy operatsiyalar va jangovor harakatlarda bevosita ishtirok etgan va jonbozlik ko‘rsatgan.

TOShKENT, 21-iyul – Sputnik. O‘zbekiston askar va zobitlarning bilim va mahoratini oshirish uchun jalb qilinadigan harbiy yo‘riqchilar sonini ko‘paytirishni rejalashtirgan, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston nashriga Respublika Mudofaa vazirligidagi manba.

O‘zbekiston armiyasi harbiylari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston armiyasi dunyoning eng kuchli 50 armiyasi qatoridan o‘rin oldi
Jumladan, O‘zbekiston Prezident Islom Karimov o‘zining Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan so‘zlagan nutqida ham ana shunday masalaga to‘xtalib o‘tgan edi.

"Ayni vaqtda Mudofaa vazirligi qoshidagi barcha ta’lim maskanlarida kursantlarga mashg‘ulotlar o‘tkazish, shuningdek, murabbiy-ofitserlar tarkibi bilan tajriba almashish maqsadida tizimli asosda chet ellik yetakchi mutaxassislar jalb qilina boshladi.

Yurtimizga Italiya, AQSh, Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya va qator Osiyo mamlakatlaridan harbiy ekspert-amaliyotchilar muntazam ravishda kelmoqda.

Chet eldan jalb qilingan harbiylarning barchasi yuqori malakali mutaxassislar bo‘lib, ularning aksariyati Afg‘oniston, Iroq, Suriya va boshqa bir qator "qaynoq" nuqtalarda bo‘lib o‘tgan harbiy operatsiyalar va jangovor harakatlarda bevosita ishtirok etgan va jonbozlik ko‘rsatgan", — deb ta’kidladi suhbatdosh.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov tomonidan 2005-yil 19-aprelda imzolangan “O‘zbekiston Respublikasida harbiy ta’lim tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoyishi Qurolli Kuchlarni yuksak intellektual salohiyatga ega malakali ofitserlar bilan ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Ushbu hujjatga muvofiq oliy harbiy muassasalarda kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, harbiy kasb nufuzini oshirishga doir keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0