TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Anqara davlat to‘ntarishiga urinish tashkilotchiligida ayblanayotgan Fatxulla Gulenni topshirishini so‘rab, AQShga rasmiy so‘rov yubordi, deb ta’kidladi Turkiya Adliya vaziri Bakir Bo‘zdog‘. Bu haqda RIA Novosti xabar tarqatgan.
Vazirning so‘zlariga qaraganda, Gulenning davlat to‘ntarishini amalga oshirmoqchi bo‘lganligini isbotlovchi va uning nazoratida bo‘lgan Turkiyadagi "parallel davlat" faoliyati borasida dalillar "keragidan ham ortiq".
Eslatib o‘tamiz, 15-iyuldan 16-iyulga o‘tar kechasi Turkiyada harbiylar davlat to‘ntarishini amalga oshirishga uringan. Ular vertolot va tanklar yordamida aeroport, ko‘prik, OAV binolari va prezident saroyiga hujumlar uyushtirgan. Turkiya TIV ma’lumotiga ko‘ra, davlat to‘ntarishiga urinish harakatlari oqibatida 290 kishi qurbon bo‘lgan.