CAS Rossiya yengil atletikachilarini Olimpiadaga qo‘ymadi

© REUTERS / Sergio MoraesRio-de-Janeyro Olimpiada simvollari
Rio-de-Janeyro Olimpiada simvollari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Olimpiya qo‘mitasi tomonidan berilgan appelyatsiyaga CAS tomonidan rad javobi berildi. Endi, Rossiyalik 68 nafar yengil atletikachilar Rio de-Janeyroda bo‘lib o‘tadigan olimpiadaga bora olmaydi.

TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Sport Arbitraj sudi (CAS) 68 nafar Rossiyalik yengil atletikachilarni 2016-yil yozgi Olimpiada o‘yinlariga qatnashishiga ruxsat bermadi. Sud Rossiya Olimpiya qo‘mitasining Xalqaro Yengil Atletika federatsiyasining (IAAF) 2015-yil noyabrida qabul qilgan qaroriga qarshi bergan appelyatsiya arizasiga rad javobi berdi. CAS rasmiy sayti xabari asosida.

Xususan, Rossiya Olimpiya qo‘mitasi Sport Arbitraj sudidan butun jamoaga nisbatan qabul qilingan IAAF qarorining qonuniyligini qayta tekshirishni va har bir sportchi uchun alohida qaror qabul qilishni, agar sportchi Olimpiada kvalifikatsiyasini bajargan holda, unga musobaqalarda qatnashishga ruxsat berishni so‘ragan edi.

“CAS Rossiya Olimpiya qo‘mitasi va 68 rossiyalik sportchi appelyatsiya da’vosiga rad javobi berdi”, — deyilgan internetda chop etilgan sud qarorida.

Eslatib o‘tamiz, 18-iyul kuni Xalqaro antidoping qo‘mitasining (WADA) maxsus komissiyasi 2014-yildagi Sochi Olimpiadasida Rossiya sportchilari tomonidan doping ishlatilgani haqidagi bayonotini e’lon qildi. Ushbu bayonot ma’lumotlariga ko‘ra, WADA butun Rossiya sportchilarini 2016 Olimpiya o‘yinlaridan chetlatishni va Rossiya Sport vaziri Vitaliy Mutkoni iste’foga chiqarishni so‘radi.

Aniq isbot va dalillarga ega bo‘lmagan, ushbu bayonot bekorga aynan CAS Rossiya Olimpiya qo‘mitasi arizasi bo‘yicha qaror kabul qilayotgan vaqtda e’lon qilinmagan, albatta.

30 kun davomida  Rossiya CAS qaroriga yana bir marta appelyatsiya arizasi yuborishi mumkin, lekin  Olimpiada o‘yinlari 5-avgustda boshlanadi. Olimpiada o‘tganidan keyin ushbu qarorning kimga ham keragi bor.

Yangiliklar lentasi
0