Obama: politsiyachilarga "juda ko‘p" hujum qilinmoqda

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishAQSh prezidenti Barak Obama
AQSh prezidenti Barak Obama - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh prezidenti Barak Obama Oq uyda chiqishi vaqtida "politsiyachilarga haddan ziyod ko‘p hujum qilinmoqda" deb aytgan.

TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. O‘tgan hafta yakunida Qo‘shma Shtatlar prezidenti Barak Obama "AQShda politsiyachilarga hujumlar soni ortib ketdi", deya ta’kidlagan. RIA Novosti xabari asosida.

"Politsiyachilarga qarata otilgan o‘qlar — bu bizlarga otilgan o‘qlardir", — deb qo‘shimcha qilgan u.

Bu orada AQSh prezidentligiga respublikachilardan yagona nomzod Donald Tramp Obama tomonga piching "otishga" ulgurdi.

Uning fikricha, Amerika hukumati boshqalarga maslahat berishdan oldin o‘z mamlakatida tartib o‘rnatishi lozim.

Baltimora shahri politsiyasi - Sputnik O‘zbekiston
Dallasdagi namoyishda besh nafar politsiyachi qurbon bo‘ldi
"Mamlakatimizda nimalar ro‘y bermoqda, bir qarang. Odamlar sovuqqonlik bilan politsiyachilarni o‘ldirib ketayotgan bir paytda biz qanday qilib boshqalarga maslahat berishimiz mumkin?", — degan milliarder.

Eslatib o‘tamiz, Amerika kuch organlari tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan zo‘ravonlikka qarshi norozilik aksiyasi vaqtida Dallasda besh nafar politsiyachining otib ketilgani jamoatchilik orasida juda katta shov-shuvga sabab bo‘lgan edi. Oradan bir necha kun o‘tib, Baton-Ruj shahrida ham shunga o‘xshash hodisa ro‘y bergan — bu safar uch politsiyachi halok bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0