TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. AQShning Texas shtatidagi Dallas shahridagi tartibsizliklarda besh nafar politsiyachi qurbon bo‘ldi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
Dallasda politsiya xodimlarining qora tanlilarni sudsiz otib o‘ldirish holatlari ko‘payishiga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tgan edi. Ushbu namoyishlar davomida bir guruh qurollangan shaxslar politsiya xodimlariga qarshi o‘q uzgan. Oqibatda besh politsiya xodimi qurbon bo‘ldi va 11 nafari yaralandi.
Ma’lumotlarga qaraganda, otishmada gumon qilinayotgan shaxslardan birining o‘zi politsiya huzuriga kelgan. Yana ikki nafari maxsus xizmat xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Politsiya xabariga ko‘ra, namoyishlar paytida sodir bo‘lgan otishmani to‘rt kishi uyushtirgan. Jinoyatchilarda yana biri qidirilmoqda.
Dallasda politsiya faoliyatiga qarshi namoyishlar Luizinananing Baton-Ruj shahridaga vioqelaradan keyin boshlandi. U yerda dushanbadan seshanbaga o‘tar kechasi politsiya xodimlari ikki qora tanli fuqaroni yerga yotqizib, ulardan birini otib tashlangan. Keyingi kuni xuddi shunday voqea Minnesota shtatining Folkoy-Xayts shahrida sodir bo‘lgan.