Turkiyada 3 oylik favqulodda vaziyat e’lon qilindi

© BULENT KILIC / AFPTurkiyadagi vaziyat
Turkiyadagi vaziyat - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rajab Toyib Erdo‘g‘onning fikricha, Turkiyada davlat to‘ntarishini amalga oshirishda gumon qilinayotgan islom targ‘ibotchisi Fatxulla Gulen va uning tarafdorlari "yaqin kunlar va haftalarda" qasos olishga harakat qilishlari mumkin.

TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on mamlakatda favqulodda vaziyat tartibi kiritilganini e’lon qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

"Davlat to‘ntarishini amalga oshirishda ishtirok etganlarga qarshi samarali harakatlarni amalga oshirish hamda qisqa muddatda fuqarolarning haq-huquq va erkinliklarini ta’minlash maqsadidaga konstitutsiyaga binoan mamlakatda 3 oylik muddatga favqulodda vaziyat kiritiladi", — deb bayonot qildi Erdo‘g‘on mamlakat hukumati va Xavfsizlik kengashi majlisi yakunida.

Rajab Toyib Erdo‘g‘onning fikricha, Turkiyada davlat to‘ntarishini amalga oshirishda gumon qilinayotgan islom targ‘ibotchisi Fatxulla Gulen va uning tarafdorlari "yaqin kunlar va haftalarda" revansh olishga harakat qilishlari mumkin.

Turkiyadagi holat - Sputnik O‘zbekiston
Turkiya AQShdan Gulenni hibsga olish va ekstraditsiya qilishni talab qildi
Turkiya yetakchisi mamlakat razvedka xizmatini ham qattiq tanqid ostiga olgan. "Agar razvedka xizmatimiz yuqori darajada bo‘lganida, to‘ntarishni amalga oshirish urinishining oldi olingan bo‘lar edi", — deb ta’kidlagan u.

Erdo‘g‘onning so‘zlariga qaraganda, ison haqida u birinchi o‘z kuyovidan eshitgan va bu xabarni oldiniga jiddiy qabul qilmagan.

Eslatib o‘tamiz, oldin berilgan xabarlarga ko‘ra, Turkiya Milliy razvedka tashkiloti tayyorlanayotgan to‘ntarish haqida o‘tgan hafta juma kuni 16.00 da bilib qolgan. OAVlarda aytilishicha, shundan so‘ng isonchilar o‘zlarining fitnachilik planlarini o‘zgartirishga majbur bo‘lgan: yangi rejaga ko‘ra harbiylar chiqishi shanba kuni tong sahar 03.00da bo‘lib o‘tishi lozim edi.

© AP Photo / Emrah Gurel Situatsiya v Tursii
Situatsiya v Tursii - Sputnik O‘zbekiston
Situatsiya v Tursii

Natijada, davlat to‘ntarishiga urinish belgilangan muddatdan oldin — juma kuni kechqurun boshlangan. Ison o‘choqlari asosan Anqara va Istambulda avj oladi, ammo qisqa fursatda bostiriladi.

Turkiya kuch organlari "Davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urinishda"ga aloqador deb gumon qilingan 113 nafar sudya va prokurorlarni hibsga oldi. Ayni vaqtda Turkiya armiyasi, politsiyasi, davlat muassasalari va OAVlarida ommaviy tozalash ishlari ketmoqda. Xabarlarga ko‘ra, 9 mingdan ziyod kishi sudga jalb qilinadi.

Shu bilan bir qatorda Anqara rasmiylari odamlar oldindan tayyorlangan ro‘yxat bo‘yicha hibsga olinayotgani haqidagi ma’lumotlarni inkor qilmoqda. Ayni vaqtda Turkiya hukumati mamlakatga o‘lim jazosini qaytarish haqida og‘iz ochgan.

Yangiliklar lentasi
0