Turkiya hukumati delegatsiyasining Moskvaga safari 26-27 iyulda bo‘lib o‘tadi

© REUTERS/Murad Sezerturkiya bayrog‘i
turkiya bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hukumat vakillari uchrashuvida energetika, transport va turizm sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.

TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Turkiya bosh vazir o‘rinbosari Nurettin Janikli boshchiligidagi Turkiya hukumati delegatsiyasi Moskvaga 26-27 iyul kunlari keladi, RIA Novosti xabariga asosan.

“Turkiya elchixonasi xabariga asosan, bosh vazir o‘rinbosari Nurettin Janikli boshchiligidagi delegatsiya kelishini kutmoqdamiz”, — dedi manbaa.

Uning so‘zlariga qaraganda Turkiya energetika vazirligi vakillari ham ushbu delegatsiya qatoriga qo‘shilishi mumkin va energetika sohasidagi masalalar bo‘yicha alohida suhbat bo‘lib o‘tishi mumkin.

Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vaziri o‘rinbosari Alekley Lixachev jurnalistlarga muassasa haqiqatdan ham ushbu uchrashuvga tayorgarlik ko‘rayotganini xabar qildi.

Rossiya prezidenti Putin va Turkiya prezidenti Erdo‘g‘on - Sputnik O‘zbekiston
Putin va Erdo‘g‘on avgust boshida Rossiyada uchrashadi
  “Rossiya hukumatidan 26-27 iyulda hukumat darajasida ham, vazirlik darajasida ham, davlatlararo komissiya darajasida ham uchrashuvlar tayorlash haqida ko‘rsatma oldik”,- dedi Lixachev.  

Biroz oldin, Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov, avgust boshida Putin va Erdo‘g‘on Rossiya hududida uchrashuv o‘tkazadi, degan xabarlar paydo bo‘lgan edi.

Yangiliklar lentasi
0