Putin va Erdo‘g‘on avgust boshida Rossiyada uchrashadi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishRossiya prezidenti Putin va Turkiya prezidenti Erdo‘g‘on
Rossiya prezidenti Putin va Turkiya prezidenti Erdo‘g‘on - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu bilan bir vaqtda, Peskov, Bakuda Rossiya, Eron va Ozarbayjon ishtirokida, uch tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tishi haqidagi xabarlarni inkor qildi.

TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Vladimir Putin va Toyip Erdo‘g‘on avgust boshida Rossiya shaharlaridan birida uchrashadi, bu haqda Chorshanba kuni Rossiya prezidenti matbuot kotib Dmitriy Peskov xabar berdi.

“Haqiqatdan ham, ayni damda diplomatik kanallar orqali Putin va Erdo‘g‘on uchrashuvi haqida kelishuvlar olib borilmoqda. Biz ushbu uchrashuv avgust boshida, Rossiya Federatsiyasi shaharlaridan birida bo‘lib o‘tishi haqida kelishib oldik”, — dedi Peskov.

Eslatib o‘tamiz, Turkiyaning Istambul va Anqara shaharlarida 15-iyul oqshomi davlat to‘ntarishga urinish bo‘lib o‘tgan edi. Fojeada, oxirgi ma’lumotlarga qaraganda 208 fuqaro qurbon bo‘lgan 1000 dan ortiq kishi jarohatlangan. 7,5 harbiylar davlat xiyonatida gumon qilib hibsga olingan.

Turkiya hukumati ushbu isonda AQSh bilan aloqador bo‘lgan muxolifatchilarni ayblagan edi. Isondan keyin esa, Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim o‘z nutqida "AQSh endi bizga do‘st emas" — deb e’lon qilgan va Injirlikdagi NATO bazasi faoliyati cheklangan edi.

Yangiliklar lentasi
0