O‘zbekiston aholisi soni 32 millionga yaqinlashdi

Obuna bo‘lish
2016 yil 1-iyul holatiga ko‘ra O‘zbekiston aholisi soni 31 ming 807 kishini tashkil etdi.

TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni 2016-yil 1-iyul holatiga 31807,0 ming kishini tashkil etib, yil boshiga nisbatan 231,7 ming kishiga yoki 0,7 %ga o‘sgan. Respublika statistika qo‘mitasi matbuot-xizmati e’lon qilgan dastlabki ma’lumotlar shuni ko‘rsatmoqda.

O‘zbekistonliklar - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston aholisi 31,5 milliondan oshdi
Shahar aholisi soni 16, 11 million kishini (jami aholi soniga nisbatan 50,6 %), qishloq aholisi soni 15, 697 million kishini (jami aholi soniga nisbatan 49,4 %) tashkil etdi.

2016 yilning yanvar-iyun davrida 318 mingta bola tug‘ilib, mos ravishda tug‘ilish koeffitsienti 20,2 promilleni tashkil qildi (2015 yilda 20,2 promille bo‘lgan).

2016 yilning yanvar-iyun oylarida 73,9 mingta o‘lim qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda o‘lim koeffitsienti 4,7 promilleni tashkil etdi.

Ro‘yxatga olingan jami o‘lganlarning 59,7 % qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 8,6 % o‘simtalardan, 5,5 % ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan, 6,3% nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 5,6 % baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan vafot etgan.

2016 yilning yanvar-iyun davri mobaynida 3,7 mingta 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi qayd etildi va go‘daklar o‘limi koeffitsienti 10,0 promilleni tashkil etdi. Ro‘yxatga olingan 1 yoshgacha o‘lgan jami bolalarning 53,5 % perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 24,4 % nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 10,2 % tug‘ma anomaliyalardan, 3,0 % yuqumli va parazitar kasalliklardan vafot etgan.

2016 yilning yanvar-iyun oylarida FHDYo organlari tomonidan 92,4 mingta nikoh va 14,8 mingta nikohdan ajralishlar qayd etilgan. Respublika bo‘yicha nikoh tuzish koeffitsienti 5,9 promilleni, nikohdan ajralish koeffitsienti esa 0,9 promilleni tashkil etdi.

2016 yilning yanvar-iyun davrida respublika bo‘yicha ko‘chib kelganlar soni 72,0 ming kishini, ko‘chib ketganlar soni esa 84,4 ming kishini tashkil etdi. Migratsiya saldosi minus 12,4 ming kishini tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich 2015-yilning mos davriga nisbatan 1,0 ming kishiga ko‘paydi (2015 yilda minus 13,4 ming kishi bo‘lgan).

Yangiliklar lentasi
0