Sitora Farmonova nima sababdan litsenziyadan mahrum qilingani oydinlashdi

© Mejdunarodniy soyuz "KVN"Sitora Farmonova. "Aziya MIX"
Sitora Farmonova. Aziya MIX - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"O‘zbeknavo" estrada birlashmasi vakili so‘zlariga qaraganda, Sitora Farmonova xorijga chiqish tartib-qoidalarini buzganligi uchun unga nisbatan shunday chora ko‘rilgan.

TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Sal oldin “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi saytida xonandalar Sarvar va Komil, shuningdek, aktrisa va xonanda Sitora Farmonovaning litsenziyalari tugatilishi haqida rasmiy bildirish e’lon qilgan edi.

O‘zbeknavo yana uch san’atkorni litsenziyasidan mahrum qildi
Hozirda ma’lum bo‘lishicha, nomlari tilga olingan xonandalar xorijga chiqish tartib-qoidalarini buzganliklari uchun ularga nisbatan shunday chora ko‘rilgan. Bu haqda "O‘zbeknavo" estrada birlashmasi maxsus ruxsatnoma beruvchi tashkiliy boshqarma boshlig‘i Odiljon Abduqahhorovdan olingan ma’lumotlar asosida daryo.uz xabar tarqatgan.

"Birinchidan, hech bir xonandaning litsenziyasi bekordan bekorga tugatilmaydi. Mazkur xonandalar xorijga chiqib, ogohlantirmasdan dam olishi mayli, belgilangan tartib-qoidalarni buzib, konsert berish darajasiga ham yetmoqda. O‘zbek san’atkorlarining chet elda konsert berishi yaxshi, ammo uning ham o‘ziga yarasha tartib-qoidalari bor. San’atkorlarimiz qayerda konsert berayotganini biz bilishimiz kerak”, — degan "O‘zbeknavo" vakili.

“Ikkinchidan, san’atkorlarimiz chet elga borib, u yerda 200—250 kishilik zallarni ham to‘ldira olmasligi uyatli holat — ertaga kimdir ushbu holatni ham yozib chiqishi mumkin. Asosiy maqsadimiz — o‘zbek estrada san’atini ko‘tarish, dunyoga tanitish. Lekin san’atkorlarimiz chet elga beruxsat borib, 200 kishilik zalni ham to‘ldira olmay, tekinga konsert berib, sharmanda bo‘lib qaytib kelishlarini xohlamaymiz”, — dedi Odiljon Abduqahhorov.

«Aziya MIX» jamoasi yulduzi Sitora Farmonova. - Sputnik O‘zbekiston
Sitora Farmonova: Go‘zal oqqushga aylangan “irkit o‘rdakcha”
"Bunday holatlar Sarvar va Komil hamda Sitora Farmonova tomonidan bir necha bor takrorlanmoqda. Ular "O‘zbeknavo" estarada birlashmasini ogohlantirmasdan chetga elga chiqmoqda. Litsenziya bitimlarida san’atkorlarning ogohlantirmasdan xorijga chiqishi mumkin emasligi ko‘rsatib o‘tilgan. Xorijga chiqish tartib-qoidalarini buzganliklari uchun ularga nisbatan ushbu tartib qo‘llanildi”, — deya qo‘shimcha qilgan "O‘zbeknavo" boshqarma boshlig‘i Odiljon Abduqahhorov.

Yangiliklar lentasi
0