O‘zbeknavo yana uch san’atkorni litsenziyasidan mahrum qildi

Obuna bo‘lish
"O‘zbeknavo" estrada birlashmasi 19-iyul kuni Sitora Farmonova, Sarvar Azimov va Komil Fozilovlarni litsenziyadan mahrum qildi. Litsenziya olib qo‘yilgani sabablari esa oshkor etilmayapti.

TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. "O‘zbeknavo" estrada birlashmasi 19-iyul kunidan e’tiboran Sitora Farmonova, Sarvar Azimov va Komil Fozilov (Sarvar va Komil) larni litsenziyasidan mahrum qildi. Bu haqda birlashma rasmiy saytida xabar qilingan.

Ariya guruhi konserti - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda hech kim repni ta’qiqlamoqchi emas - O‘zbeknavo
"Litsenziatlar Sitora Farmonova, Sarvar Azimov va Komil Fozilov (Sarvar va Komil)  tomonidan Litsenziya bitimida nazarda tutilgan talab va shartlar muntazam ravishda buzilganligi sababli, ushbu xonandalar nomiga berilgan litsenziyalarning amal qilish muddati “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-dekabrdagi 354-son Qaroriga asosan   2016-yil 19-iyuldan tugatilganligi bildiramiz", — deyilgan e’lon qilingan rasmiy bildirish matnida.

Birlashma shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari talabini bajarish har bir xonanda va san’atkorning burchi ekanligini eslatib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin "O‘zbeknavo" estrada birlashmasi xuddi shunday sabab bilan Esmeralda Raxmatova (Tamila) va Asqarjon Malikov(Zamir)ni litsenziyasidan mahrum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0