TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Olma-Otada 18-iyun kuni ro‘y bergan otishmadan keyin Turkmaniston Qozog‘iston bilan chegarada xavfsizlik choralarini kuchaytirdi, deb xabar tarqatdi chorshanba kuni Mangistau viloyati bo‘yicha davlat daromadlari departamenti.
"Turkmanistonda chegaradagi xavfsizlik choralari kuchaytirildi, shu sababli respublikaga soddalashtirilgan tartibda kelayotgan chet el fuqarolari uchun kirish besh kunga vaqtinchalik yopildi", — deyiladi xabar matnida.
Qozog‘iston va Turkmaniston o‘rtasidagi kelishuvlarga ko‘ra, Mangistau viloyatida doimiy ravishda yashovchi Qozog‘iston fuqarolari Turkmanistonning Bolqon viloyati hududiga besh kunlik muddatga vizasiz kelish, ketish va yashash huquqiga ega.
Eslatib o‘tamiz, 18-iyul kuni Olma-Ota shahrida qurollangan noma’lum shaxslar Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi Olma-Ota shahar departamenti va shaharning Olmali tumani politsiya departamenti binolariga hujum uyushtirgan edi. Terakt natijasida 6 kishi, shu jumladan 4 nafar politsiyachi qurbon bo‘lgan. Sakkiz kishi yaralangan, ulardan 6 nafari politsiya xodimidir. Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi sal o‘tmay jinoyatchi qo‘lga olingani haqida xabar qildi. Ma’lumotlarga qaraganda, terrorchi muqaddam sudlangan va koloniyada salafiylar bilan aloqada bo‘lgan.