Olma-Otada ro‘y bergan terrorchilik aktida o‘zbekistonlik ayol halok bo‘lgan

© Sputnik / Mediabankka o‘tishOlma-Otadagi otishma
Olma-Otadagi otishma - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston Ichki ishlar vaziri respublika prezidenti Nursulton Nazarboyevga Olma-Otada o‘tkazilgan maxsus operatsiya va uning oqibatlari haqida hisobot berdi. Shu tariqa, o‘tgan tunda bosqinchi yana bitta jinoyat sodir etgani, va O‘zbekiston fuqarosi bu jinoyat qurboniga aylangani ma’lum bo‘ldi.

TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Qozog‘iston Ichki ishlar vaziri Kalmuxanbet Qosimov va Qozog‘iston Milliy xavfsizligi qo‘mitasi rahbari Vladimir Jumakanov Qozog‘iston prezidentiga Olma-Otadagi terakt xronologiyasini taqdim etishdi. Shu tariqa, dushanba kuni otishma sodir etgan jinoyatchi, tunda ham yana bitta jinoyatga qo‘l urgani va bu safar O‘zbekiston fuqarosi uning qurboniga aylangani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda "Novosti Kazaxstana" AA xabar bergan.

Olma-Otada politsiyachilarga qurollangan hujum uyushtirildi - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonda terrorchilik xavfining "qizil" darajasi e’lon qilindi
IIV rahbari so‘zlariga qaraganda, hodisa mahalliy vaqt bilan 03:52da ro‘y bergan.

"Bu hodisa tunda ro‘y bergan, guvohlarimiz ham bor, bosqinchi o‘zbekistonlik ayol o‘tirgan taksi yoniga borib, haydovchidan chiroqni yoqishni so‘ragan. Kirakash bosh tortgach, u shu yerning o‘zida to‘pponchadan o‘t ochgan. So‘ngra avtomobilni olib qochgan. Mashinani halok bo‘lgan ayol bilan birga topdik", — deya bayonot bergan vazir.

Shu tariqa vazir o‘tgan kuni ertalab ro‘y bergan hodisa ketma-ketligini to‘liq bayon etgan. IIV ma’lumotiga binoan, qo‘lga olingan gumondorlarning biri terrorchiga haydovchilik qilgani ma’lum bo‘lgan. Gumondorning so‘zlariga ko‘ra, terrorchi uni to‘pponcha yordamida qo‘rqitib, o‘zini shahar bo‘ylab olib yurishga majbur qilgan.

"Jinoyatning ikkinchi ishtirokchisi ham haydovchi ekani ma’lum. Hozirda uning bosqinchilikka aloqadorligini tekshirmoqdamiz. Qurollar olib qo‘yilgan. Bu bosqinchilikda ishtirok etganlarning barchasi qo‘lga olingan", — deya hisobot bergan Qosimov.

Yangiliklar lentasi
0