KXDR Janubiy Koreya portlari va aerodromlari bo‘ylab zarba berishini ma’lum qildi

© JUNG YEON-JE / AFPRaketa uchirilishi oynai-jahon orqali translyatsiya qilindi
Raketa uchirilishi oynai-jahon orqali translyatsiya qilindi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shimoliy Koreya seshanba kuni amalga navbatdagi ballistik raketalar sinovini amalga oshirdi. KXDR yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya ayni vaqtda Janubiy Koreyani ogohlantirib qo‘yish maqsadida uning portlari va aerodromlariga zarba berishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. KXDR seshanba kuni o‘tkazgan ballistik raketalar sinovini Janubiy Koreya portlari va aerodromlariga zarba berishga tayyorgarlik maqsadida amalga oshirganini ma’lum qildi, deya xabar tarqatmoqda RIA Novosti Shimoliy Koreya radiosi tarqatgan xabarga asoslangan holda.

"Ushbu sinov mashg‘ulotlari Janubiy Koreyadagi jangovar hududlarga zarba berish maqsadini ko‘zlab amalga oshirilgan edi. Ushbu hududga yadroviy urush vositalarini olib kirayotgan amerikalik imperialistlar bilan hisob-kitob qilish vaqti keldi", — deyilgan xabarda.

Agentlik xabariga ko‘ra, mashg‘ulotlarga Shimoliy Koreya yetakchisi — Kim Chen Inning shaxsan o‘zi rahbarlik qilgan.

Eslatib o‘tamiz,1950-1953 yillarda Koreya yarim orolidagi harbiy to‘qnashuv tinchlik bitimi bilan yakun topganidan beri Qo‘shma Shtatlar va Shimoliy Koreya munosabatlari “sovuq urush” holatida.

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In - Sputnik O‘zbekiston
OAV: 8 yoshga to‘lgan Kim Chen Inga ta’zim qilgan generallar hozir ham uning yonida
Pxenyanning tinchlik kelishuvini imzolashga va AQSh bilan rasmiy munosabatlarni tiklashga qilayotgan harakatlari natijasiz qolmoqda: Vashington ushbu masalani muhokama qilishdan keskin bosh tortib kelyapti. Amerika “Shimoldan kelishi mumkin bo‘lgan xavf”ning oldini olish maqsadida Janubiy Koreyaga 28 ming askarini joylashtirgan. Shimoliy Koreya esa Amerikaning ushbu harakatini fantaziya mevasi, deb hisoblab, to AQSh unga tahdid qilishni bas qilmas ekan, “yadro” qurolini kuchaytirib borishini e’lon qildi.

2016 yil 6-yanvar kuni Shimoliy Koreya AQSh tomonidan yo‘q qilinishi mumkinligi xavfini oldini olish maqsadida vodorod bombasini sinovdan o‘tkazganini ma’lum qilgan edi. Amerikaliklar bunga javoban Janubiy Koreyaga strategik ahamiyatga ega bo‘lgan qurol-aslahalarni kirita boshladilar.

© REUTERS / KCNAShimoliy Koreya rahbari Kim Chen In
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In - Sputnik O‘zbekiston
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In
Yangiliklar lentasi
0