TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Marmaris shahridagi mehmonxonada 10 daqiqa ushlanib qolganimda, davlat to‘ntarishini amalga oshirmoqchi bo‘lganlar, meni o‘ldirishardi, deb ta’kidladi Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on. RIA Novosti xabari asosida.
"Marmaris shahrida menga qarshi operatsiya o‘tkazildi. Ikki nafar tan soqchim o‘ldirildi. Agar 10-15 daqiqaga ushlanib qolganimda, meni ham o‘ldirishar edi yoki asir olishardi", — dedi Erdo‘g‘on CNN telekanaliga bergan intervyusida.
Turkiya prezidenti, shuningdek, Marmaris shahriga oilaviy hordiq chiqarish uchun borganini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 15-iyuldan 16-iyulga o‘tar kechasi Turkiyada bir guruh harbiylar hukumatni egallab olishga harakat qilgan. Ular harbiy vertolot va tanklar yordamida aeroport, ko‘prik, OAV binolari va prezident saroyiga hujumlar uyushtirgan. Turkiya TIV ma’lumotiga ko‘ra, harbiy ison oqibatida 290 kishi qurbon bo‘lgan.