Tojikiston hukumati minglab fuqarolarga nogironlik nafaqasini to‘lashdan bosh tortdi

© AP Photo/Sergey PonomarevDushanbedagi parklarning birida keksa kishi pul sanayapti
Dushanbedagi parklarning birida keksa kishi pul sanayapti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Takror o‘tkazilgan tibbiy tekshiruv natijasida nogironlik nafaqasini olayotgan 12 ming nafar tojikistonliklarda nogironlik tasdiqlanmagan. Bu haqda Pensiya va ijtimoiy himoya agentligi rahbari o‘rinbosari Nazokat Odinazoda ma’lum qilgan.

TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Tojikistonda 12 ming kishiga nogironlik nafaqasi to‘lanishdan to‘xtatildi, deb xabar qildi Tojikiston respublikasi Pensiya va ijtimoiy himoya agentligi rahbari o‘rinbosari Nazokat Odinazoda. Sputnik Tojikiston xabari asosida.

Joriy yilning olti oyi davomida Tojikiston respublikasi Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza vazirligi nogironlik nafaqasini olayotgan 16 ming kishini tibbiy tekshiruvdan o‘tkazdi. Natijada, aksariyat nafaqaxo‘rlarning nogironligi o‘z tasdig‘ini topmadi", — deb bayonot qilgan Odinazoda.

Xabarda aytilishicha, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan pensionerlar orasida faqat 4,5 ming nafarigina nafaqa yoshiga to‘lgani munosabati bilan nafaqaga chiqqan. 2016-yilning 1-iyun holatiga ko‘ra esa Tojikistonda nafaqa yoshidagilar soni 629 mingdan ziyodni tashkil qilgan.

FMS tekshiruvi vaqtida qo‘lga olingan migrantlar. - Sputnik O‘zbekiston
Tojikiston aholisining 67% to‘yib ovqat yemaydi

Tojikiston respublikasi prezidenti Emomali Rahmon 1-iyuldan nafaqa, stipendiya va amaldorlar maoshini ko‘tarish haqida farmonga imzo chekkan.

Eslatib o‘tamiz, Tojikiston respublikasida maoshlar, nafaqalar va stipendiyalar miqdori 2013-yildan buyon indeksatsiya qilingani yo‘q. Hukumat buning boisini davlat budjetida pul yo‘qligi bilan izohlab kelmoqda.

Yangiliklar lentasi
0