Tojikiston aholisining 67% to‘yib ovqat yemaydi

© Sputnik / Aleksandr Utkin / Mediabankka o‘tishFMS tekshiruvi vaqtida qo‘lga olingan migrantlar.
FMS tekshiruvi vaqtida qo‘lga olingan migrantlar. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jahondagi iqtisodiy inqiroz ma’lum ma’noda Tojikistondagi oilalar yashash tarziga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi – Butunjahon banki tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar, Tojikiston aholisining 67 foizi o‘ziga yetarli miqdorda oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilishga qurbi yetmasligini ko‘rsatdi.

TOShKENT, 25 fev — Sputnik. Tojikiston Markaziy Osiyodagi qashshoq mamlakat sifatida har qanday keskin o‘zgarishlarga chidamsiz, deb aytish mumkin.

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon. - Sputnik O‘zbekiston
Tojikiston O‘zbekiston oldidagi qarzini to‘liq uzdi

Mamlakatda mavjud elektr energiyasi sohasidagi tanqislik, toza ichimlik suvi yetishmasligi, tabiiy gaz muammolaridan tashqari, hukumat vakillari, aholi yashash tarzi sifatini oshirish masalalarida ham ham qator muammolarga duch kelmoqda.

Butunjahon banki o‘tkazgan tadqiqotlarda ta’kidlanishicha, bu kabi kamchiliklar mamlakatda ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlamlar yashash tarzini yaxshilashda so‘nggi o‘n yillikda erishilgan natijalarga o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatishi mumkin. Iqtisodiyotda ro‘y bergan o‘sish natijasida, mamlakatdagi qashshoqlik ko‘rsatkichi 2012-yildagi 37,4%dan 2015-yilning birinchi kvartalida 31,6%ga tushgan.

"Hozirgi iqtisodiy sharoitlarda erishilgan yutuqlarni saqlab qolish va oldinga o‘sishni ta’minlash yanada murakkab kechmoqda. Rossiya iqtisodiyotidagi pasayish Tojikistonga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi”, — deb ta’kidlanadi bayonotda.

Tojikistonda o‘rtacha daromad 70 dollardan oshmaydi

Butunjahon banki o‘tkazgan tadqiqot davomida mamlakatning turli burchaklarida istiqomat qiluvchi 3 ming oila savol-javob qilindi.

So‘rovnomada qatnashganlarning 35% o‘zlari uchun yetarli oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilolmasligini tan olgan bo‘lsa, aholining 56% kommunnal to‘lovlarni to‘lashga qurbi yetmasligini aytgan, 45% aholi esa mablag‘ yo‘qligi tufayli uy-joy qilmagani ayon bo‘lgan.

So‘rovnomada ishtirok etgan oilalarning real daromadi (har bir oila boshiga) 400 somoniy (taxminan 70 AQSh dollari)ni tashkil qilishi aniqlangan.

So‘rovnomada ishtirok etgan oilalarning o‘z yashash tarzidan qoniqishi 5 balli shkalada 3,6 ballni tashkil qilgan.

Suv va gaz tanqisligi

Tadqiqot ishtirokchilari, shuningdek: oilaning nechta a’zosi ish bilan ta’minlangan? Uy kattaligi qancha? Uy jihozlanishi qanday? Uy ichida hojatxona bormi? Suv bilan ta’minlanish darajasi qanday? Degan savollarga ham javob berganlar.

Ma’lum bo‘lishicha, 7% holatda oilaning barcha a’zolari ishsiz ekanligi, 13% holatda esa er yoki xotin uyda ishsiz o‘tirgani aniqlangan. So‘rovnomada qatnashganlarning 78% uylarida gaz yo‘qligini aytishgan. Oilalarning 11% kichik hovliga egaliklarini ta’kidlashgan bo‘lsa, 54% uyda ichimlik suvi yo‘qligini ma’lum qilgan.

Aytgancha, aholining elektr energiyasi va toza ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi oila yashash tarzi yaxshiligini ko‘rsatuvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi.

Butunjahon banki ma’lumotlari, so‘rovnoma ishtirokchilarining 50% elektr-energiyasi 10 kundan ziyod vaqtga o‘chirilishi muammolariga duch kelganini ko‘rsatmoqda, oilalarning 20% esa suv tanqisligi muammosiga ro‘baro ekanliklarini tan olishgan. Aholining 78% o‘z uylarini o‘tin yordamida isitishlari ma’lum bo‘lgan.

Migratsiya masalasi

Migratsiya masalasiga keladigan bo‘lsak, har bir oilada oilani moddiy ta’minlash uchun chetga chiqib ketgan migrant borligi ma’lum bo‘lgan.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, bu yil Tojikiston fuqarolari orasida Rossiyaga yo‘l olayotganlar soni keskin qisqargan — 96%dan 86%ga tushib qolgan, pul topish istagida Qozog‘istonga yo‘l olayotganlar soni esa 82%dan 96%ga oshgan.

Yangiliklar lentasi
0