Hokimiyatlar qoshida tadbirkorlar uchun ko‘p xizmatli markazlar ochiladi

© Pixabay / antonin77Shartnoma tuzish. Tadbirkorlik.
Shartnoma tuzish. Tadbirkorlik. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu Yagona Oyna markazlarida Tadbirkorlar kerakli hujjat va ruxsatnomalarni olishlari mumkin.

 

TOShKENT, 5 okt – Sputnik. Tuman va shahar Hokimiyatlarida Oktabr oyidan boshlab birinchi ko‘p xizmatli  markazlar ishga tushadi, Gazeta.uz xabariga asosan.  

Zamonaviy markazlar tadbirkorlarni ro‘yxatga olish muassasalari asosida tuziladi. Vazirlik, davlat qo‘mitalari va boshqa tashkilotlarda hozir ishlayotgan Yagona Oyna markazlari yil oxirigacha yopiladi. Ushbu choralar O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov qarori bilan belgilangan.

Ushbu choralar tadbirkorlarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini oshirish va ularni oydinlashtirishga qaratilgan. Ushbu yangi markazlarda tadbirkorlar kerakli hujjatlarning ko‘pini rasmiylashtirishlari mumkin.

Ko‘rsatiladigan xizmatlari orasida bino ta’mirlashga ruxsat olish, kommunal aloqalarni ulash, davlat ro‘yxatidan o‘tish va ulgurji savdo litsenziyasi olish  kabilar bor. Bundan tashqari Yagona Oyna markazlarida tadbirkorlar uchun muhim bo‘lgan yana bir necha hujjat va ma’lumotlarni bir joydan olish mumkin.

Vazirlik va boshqa tashkilotlar qoshida oldin amal qilgan Yagona Oyna tadbirkorlarni ro‘yxatdan o‘tkazish markazlari kelasi yilning 1-yanvaridan boshlab o‘z faoliyatini to‘xtatadi. Undan tashqari ushbu tashkilotlarga Yagona Oyna xizmatiga murojaat qilgan tadbirkorlarni o‘z huzurlariga taklif qilish ma’n etiladi.

“Tadbirkorlarni ro‘yxatga olish, litsenziya va boshqa ruxsatnomalar berishning qonun tomonidan belgilangan tartibiga o‘zgartirishlar kiritish va har xil burokratik to‘siqlar qo‘yib, xususiy tadbirkorlikning rivojlanishiga xalal berish umuman ta’qiqlanadi”, — deyilgan qarorda.

Sarmoya va biznes - Sputnik O‘zbekiston
Iqtisodiyot vaziri: Kichik biznes O‘zbekiston iqtisodida hal qiluvchi rol uynaydi

Yangi Yagona Oyna markazlari Davlat Interaktiv xizmatlarining yagona portaliga va davlat muassasalari aro elektron aloqa tizimiga ulanadi.

Oktabr oyida ushbu markazlar eksperimental tarzda Qoraqalpog‘iston va Toshkentda ishlay boshlaydi. Noyabr o‘rtalarida ularning soni yanada ko‘payadi.

“Yagona oyna” markazlarining qulayligi dunyoning ko‘p mamlakatlarda tan olingan. Endi ushbu tizim O‘zbekistonda ishlay boshlaydi. “Yagona oyna” tizimi tadbirkorlar va fuqarolar barcha kerakli xizmatlarni bir joydan olishga mo‘ljallangan.

RIA Novosti http://ria.ru/world/20151005/1296951883.html#ixzz3ngGOINt0

 

Yangiliklar lentasi
0