TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. G‘arbiy Tan-Shan YuNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritildi, deya xabar berilgan tashkilot rasmiy saytida.
Joriy yilning 10-20 iyul kunlari Turkiyaning Istambul shahrida YuNESKO Butunjahon merosi qo‘mitasining 40-sessiyasi o‘tkazilmoqda. Qo‘mita Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilishi mumkin bo‘lgan 29 ta tabiat mo‘’jizalarini ko‘rib chiqmoqda.
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston G‘arbiy Tan-Shan tog‘larini butunjahon merosiga kiritilishi borasida qo‘mitaga ariza bilan murojaat qilgan edi va qo‘mita bu taklifni ma’qulladi.
Tan-Shan Markaziy Osiyo tog‘ tizimi qismi bo‘lib, dunyodagi eng yirik yetti tog‘ tizimidan biri hisoblanadi. G‘arbiy Tan-Shanning turli qismlari balandligi 700 metrdan 4503 metrgachani tashkil etadi.
Shuningdek, ro‘yxatdan Chaddagi Ennedi platosi tog‘ landshafti va Iroqdagi Mesopatamiya botqoqligi tabiiy-madaniy obyektlari ham o‘rin oldi.