TOShKENT 18-iyul — Sputnik. Dushanba kuni Qozog‘istonning Olmalin tumani IIB binosi yonida otishma ro‘y berdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
"Novosti Kazaxstana" nashri otishmada bir nafar politsiyachi halok bo‘lgani haqida xabar qilgan. "Hodisaga guvoh bo‘lgan kishining aytishicha, politsiya xodimining jonsiz tanasi Gogol-Abilayxon ko‘chasidan topilgan", — deb yozgan nashr.
Ayni vaqtda, Olma-Ota Favqulodda Xizmati otishma munosabati bilan aholidan o‘z turar-joylarini tark etmaslikni so‘ragan. Ayni vaqtda shaharda terrorchilik xavfining "qizil" darajasi e’lon qilingan.
Ma’lumotlarga qaraganda, o‘q tovushlari Olma-Otaning bir nechta tumanlarida jarang topgan."Jinoyatchilardan biri qo‘lga olindi, o‘rab olingan hududda antiterror operatsiyasi o‘tkazilmoqda", — deya xabar qilgan RIA Novostiga Qozog‘iston IIBdagi manba.
Qozog‘iston Milliy Xavfsizligi qo‘mitasi esa jinoyatchilar tumanlardagi politsiya bo‘linmasi va MXX binosini hujum obyekti sifatida tanlashgani haqida ma’lum qilmoqda.
OAVlarda berilgan so‘nggi xabarga ko‘ra, hodisa tufayli besh nafar inson kasalxonalarga yotqizilgan. Qurbonlar soni aniq aytilmayapti.