"Islom davlati" Iroqda 20 ming oilani "jonli devor" sifatida ushlab turibdi

© AP Photo / AP Photo via militant website, File"Islom davlati" jangarilari
Islom davlati jangarilari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Islom davlati" jangarilari Iroq armiyasi hujumiga qarshi mudofaa sifatida 20 ming oilani "jonli devor" sifatida ushlab turibdi, deb xabar qildi Iroqning Al Mada agentligiga mahalliy yig‘in raisi.

TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi jangarilari Iroqning g‘arbiy shaharlaridan biri bo‘lmish Al-Qaymda 20 ming oilani "jonli devor" sifatida ushlab turibdi. Terrorchilar Iroq armiyasi hujumidan o‘zini shu tarzda himoya qilmoqda, deb xabar qilgan Al Mada agentligiga mahalliy yig‘in raisi. RIA Novosti xabariga ko‘ra.

Nissa qurbonlari xotirasiga gullar - Sputnik O‘zbekiston
"Islom davlati" Nissadagi terakt uchun javobgarlikni oldi
Iroq armiyasi ko‘ngilli askarlar va xalqaro koalitsiya HHK ko‘magi ostida so‘nggi vaqtlarda Suriya bilan chegaradosh, Al-Qaym shahri yaqinidagi Anbar provinsiyasining kattagina qismini o‘ziga qaytarishga muvaffaq bo‘lgan edi. Bu hududda terrorchilarga qarshi operatsiyalar davom etmoqda.

"Islom davlati" chegaraga yaqin shahar ichida 20 ming oilani qamalda ushlab turibdi, jangarilar ulardan "jonli devor" sifatida foydalanmoqda", — deb xabar qilgan Nozim Bardan ismli amaldor.

Uning so‘zlariga ko‘ra, terrorchilar odamlarga shaharni tark etishni qat’iy ta’qiqlagan, qochishga harakat qilganlarning ko‘pi otib o‘ldirilgan.

"Al-Qaym hukumati markaziy rahbariyatdan shaharni tezroq tozalab, begunoh fuqarolarni evakuatsiya qilishni iltimos qilgan", — deb qo‘shimcha qildi bardan.

Eslatib o‘tamiz, ikki yildirki, Al-Qaymni terrorchilar nazorat qilib kelmoqda.

Yangiliklar lentasi
0