TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Turkiya, Armaniston va Qozog‘istonda shu kunlarda ro‘y bergan hodisalarga izoh berar ekan, Rossiya chegarasida yuzaga kelgan "girdobli harakat"lardan Moskva havotir olmoqda, deya ta’kidladi. RIA Novosti xabari asosida.
Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov bu hodisalarni bir xil tasniflash mumkin emasligini ta’kidladi.
Bitta holatda gap hukumatni kuch yordamida egallab olish haqida gap borayotgan bo‘lsa, ikkinchi va uchinchi holatga jinoyatchilikning turlicha ko‘rinishi sifatida qarash mumkin", — dedi u.
Dmitriy Peskov chegaralardagi ahvol kuzatib borilayotgani va shunga yarasha xavfsizlik choralari ko‘rilayotgani haqida qo‘shimcha qildi.
"Shubhasiz, bizning chegaralarimiz yaqinida bunday "turbulentlik" holatlari yuz berishi havotir uyg‘otmay qo‘ymaydi. Shu bois, voqealar rivojini diqqat bilan kuzatib, ularni tahlil qilib borishga majburmiz", — dedi Peskov va har bir yangi xabardan so‘ng shunga yarasha chora-tadbirlar ko‘rilayotgani haqida gapirdi.
Kreml vakili, shuningdek, Moskva o‘z qo‘shnilarini stabil, gullab-yashnayotgan davlatlar sifatida ko‘rishni xohlashini alohida ta’kidlab o‘tdi.