Turkiyadagi ison: Tramp hayratda, Pens esa "bu Obama siyosatining natijasi", deb aytdi

© Sputnik / Nikita Shoxov / Mediabankka o‘tishMilliarder Donald Tramp
Milliarder Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp Turkiyadagi ison "bu qadar tez" ro‘y berganidan o‘z hayratini yashirmayapti.

TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. Turkiyada davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urinish harakatlari o‘ta shiddat bilan ro‘y berdi, deb ta’kidlamoqda respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp. RIA Novosti xabari asosida.

AQSh prezidentligiga nomzod Xilari Klinton va AQSh prezidenti Barak Obama - Sputnik O‘zbekiston
Xillari Klinton Tramp AQSh prezidenti bo‘lishga yaroqsiz, deb aytdi
"Prezident bo‘lsam Turkiyani ittifoqdoshga aylatirish uchun harakat qilaman. Va ittifoqdoshlarni hamisha qo‘llab-quvvatlayman", — dedi Tramp jurnalistlarning Turkiyani qo‘llab-quvvatlaysizmi, degan savoliga javoban.

Shu bilan birga milliarder isonning bu qadar tezlikda amalga oshirilganidan "hayratda" ekanligini ma’lum qilgan.

O‘z navbatida, Indiana shtati gubernatori Maykl Pens bo‘lib o‘tgan hodisada Xillari Klintonni aybdor qilgan.

"Bu masala AQShning dunyodagi roli susaygani bilan bog‘liqligiga shubha qilmayman. Nissadagi mudhish terakt, AQShdagi hujumlar, Turkiyadagi — davlat to‘ntarishiga olib kelgan nostabil ahvolni ko‘rib turib, bularning barchasi Xillari Klinton va Barak Obamaning o‘zgalar ketida turib amalga oshirgan siyosati natijasi, degan fikrga boraman", — deya bayonot qilgan Pens.

Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidentligiga saylovlar 8-noyabr kuni o‘tkaziladi. Hozirda prezidentlik poygasida Xillari Klinton yetakchilik qilmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda Xillari uchun amerikaliklarning — 45,5%i, Tramp uchun esa — 32,9%i ovoz bergan.

Yangiliklar lentasi
0