TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. Istambul xavfsizlik xizmati rahbari shahar osmonida ruxsatsiz parvoz qilgan vertolotlarni ogohlantirmasdan urib tushirish haqida buyruq oldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Anadolu agentligidan olingan ma’lumotga asoslangan holda.
Xabarda aytilishicha, Istambul va Turkiyaning boshqa qator hududlaridagi strategik ahamiyatga ega muhim obyektlarga 1800 nafar spesnaz qo‘shinlari joylashtirilgan. Shaharga, shuningdek, maxsus tuzilma harbiy texnikalari ham olib kirilgan.
"Istambul xavfsizlik xizmati rahbari sanksiya qilinmagan parvozlarni amalga oshirayotgan vertolotlarni ogohlantirishlarsiz urib tushirish haqida ko‘rsatma oldi", — deb xabar qilgan agentlikka manba.
Eslatib o‘tamiz, 15-iyuldan 16-iyulga o‘tar kechasi Turkiyada davlat to‘ntarishini amalga oshirish harakatlari sodir etildi. Mamlakat huquqni muhofaza qilish organlari ayni vaqtda 6 mingdan ziyod kishini hibsga olgan, ular orasida generallardan tortib, zobitlar ham bor.
Turkiya TIV bayonotiga ko‘ra,mamlakatdagi harbiy ison tufayli 290 kishi halok bo‘lgan.
Ayni vaqtda Istambul shahrida favqulodda vaziyat joriy etilgan.