IIV bayonoti: O‘zbekistonda odam savdosi darajasi pasaydi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston IIV bayonotiga muvofiq, 2015-yilda 924 kishi odam savdosi qurboniga aylangan, ulardan 784 nafari mamlakatdan tashqariga olib chiqib ketligan.

TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. 2015-yilda O‘zbekistonda odam savdosi qurbonlari soni 23,5%ga, ya’ni 2014-yilga nisbatan 924 nafargacha kamaygan, deyilgan dushanba kuni e’lon qilingan O‘zbekiston respublikasi IIV ma’lumotlarida.

2015 yilda qayd qilingan odam trafigida 784 kishi (26,4%ga kam) mamlakat tashqarisiga olib ketilgan, deyiladi vazirlik xabarida. IIV ma’lumotlariga ko‘ra, xalqaro tashkilotlar va nodavlat tashkilotlar odam savdosining 774 nafar qurboniga yordam ko‘rsatgan, O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik missiyalari 146 nafar kishining qaytishiga yordam berishgan.

Huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan “odam savdosi” moddasi bo‘yicha 460 nafar kishini (1,4 barobar kamroq) ta’qib qilib, 372 ta ish ochilgan (1,7 barobar kamroq). Sud davomida 442 kishiga qamoq jazosi tayinlangan, 15 nafar savdogar esa axloq tuzatish ishlariga jalb qilingan. Jinoyat Kodeksining “odam savdosi” moddasi bo‘yicha bunday faoliyatga 5-yildan 12-yilgacha qamoq jazosi tayinlanadi.

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri - Sputnik O‘zbekiston
AQSh bayonoti: O‘zbekiston qul savdosi muammosida 2-toifadan 3-toifaga tushirildi
Toshkentdagi reabilitatsion markaz 503 nafar vaziyat qurboniga (1,36 marta ko‘proq) yordam ko‘rsatgan. Markaz qurbonlarga tibbiy va ruhiy jihatdan yordam ko‘rsatib, ularni boshpana va ish bilan ta’minladi, deyiladi xabarda.

Bundan sal oldin esa AQSh davlat kotibi Jon Kerri O‘zbekiston qul savdosi muammosida 2-toifadan 3 toifaga tushirilgani haqida bayonot qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0